Home \ YAM MALHAMI

YAM MALHAMI

yam__malxami.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «YAM malhami» – tarkibida rux oksidi, salitsil kislotasi, qatron, fenolsiz toshko’mir kreolin (yoki karbol kislotasi), lanolin, skipidar va vazelin bo’lgan preparatdir.

1.2 Kul rangdan jigar ranggacha har xil tusdagi, pastasimon konsistensiyadagi, o’ziga xos hidli malham.

1.3 Preparat shisha bankalarda yoki polimer idishlarda 25-1000g dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.4 Preparat zich yopilgan idishda, quruq, yorug’likdan pana joyda, 0°C dan +30°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning ko’rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 1 yil.

 

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 «YAM malhami» akaritsid va fungitsid faol ta’siriga ega, antatsid, antiseptik, keratolitik, bog’lovchi ta’sir ko’rsatadi.

2.2 Preparat issiq qonli hayvonlar uchun kam zaharli. Achishtiruvchi va sezgirlikni oshiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi.  

 

3. PREPARATNI QO’LLASH TARTIBI
3.1 «YAM malhami» trixofitiyalar va sarkoptoid va psoroptoid kanalari keltirib chiqargan teri kasalliklarini  (ekzemalar, dermatitlar) davolash uchun qo’llanadi.

3.2 Malham kuniga 1-2 marta, terining shikatlangan joyiga va uning atrofiga 2-4 sm masofagacha yupqa qatlam qilib surtib qo’llanadi, avvaldan jun qirqilmaydi va qo’tirlari tozalanmaydi. Bunda malham ishlov beriladigan teri yuzasiga sal ishqalab surtiladi. Preparat qo’tirlar ajralmaguncha, 4-5 kun davomida qo’llanadi. Agar qo’tirlar ajralmasa, malhamni qo’llash davom etadi. Odatda 7-10 kundan keyin shikastlangan teri joylari qo’tirlardan tozalanadi, va ularda jun o’sa boshlaydi.

3.3 Ishlov berishdan 10 kun o’tganda terining shikastlangan joylaridan qirindilarning nazorat mikroskopik tekshiruvlari o’tkaziladi. Kasallik qo’zg’atuvchilari aniqlanganda davolash takrorlanadi.

3.4 Nojo’ya ta’siri yo’q. Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud emas.

3.5 Preparat qo’llanganda hayvonlarni go’sht uchun so’yish va chorvachilik mahsulotlarini oziq-ovqat maqsadida ishlatish cheklashsiz amalga oshiriladi.  

 

4. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
4.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish