Home \ VIRKOTSID

VIRKOTSID

virkotsid.jpg
1.UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Virkotsid» (Virkocid) – pushti rangdan kulrang-pushti ranggacha bo’lgan yirik zarrali kukun yoki kukun va granulyat aralashmasi bo’lib, uning tarkibiga  kaliy peroksid birikmasi va qo’shimcha moddalar kiradi (yuza-faol moddalar (YUFM), organik kislotalar va to’ldiruvchilar). Preparatga qo’shimcha limon xushbo’y modalari kiritilishi mumkina. Sinonimlari: virkon, ekosept.

1.2 Tashqi ko’rinishiga ko’ra pushti rangdan kulrang-pushti ranggacha bo’lgan yirik zarrali kukun yoki kukun va granulyat aralashmasidan iborat.

1.3 «Virkotsid» polimer paketlarga 50, 100, 250, 500 va 1000 grammdan yoki polimer idishlarga 250, 500, 1000, 2000 va 3000 grammdan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.    

1.4 Preparatni quruq, yorug’likdan pana bo’lgan joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +1°C dan +25°C gacha haroratda saqlash lozim. Preparatning ochilmagan o’ramida ko’rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 1,5 yil. «Virkotsid» yonmaydi, portlashdan xavfsiz.

 

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Preparatning tarkibiga kiruvchi peroksidlar, YUFM va organik kislotalar ko’pchilik patogen bakteriyalarning hujayralariga, zamburug’lar va viruslarga kuchli oksidlovchi ta’sir etib, ularning qirilishiga olib keladi. Virkotsid trixofitiya, brutsellyoz, yolin, shuningdek stafilokokklar, streptokokklar, ichak tayoqchasi, pasterellalar, salmonellalar, gemofillalar keltirib chiqaradigan kasalliklarda samarali ta’sir etadi. Virkotsid yuqumli rinotraxeit, hayvonlar ich ketishi, respirator-sintitsial yuqumli kasalliklari, cho’chqalarning an’anaviy vabosi, reproduktiv-respirator sindrom viruslariga, korona- va enteroviruslarga, Nyukasl va Gamboro kasalligi viruslariga, yuqumli bronxit, yuqumli gepatit, norkalarning aleut kasalligi va mo’ynali hayvonlarning boshqa kasalliklari qo’zg’atuvchilariga, shuningdek qo’zg’atuvchilari oksidlovchi moddalar ta’siriga sezgir bo’lgan barcha yuqumli kasalliklarda (mikobakteriyalar va spora hosil qiluvchi bakteriyalardan tashqari) zararsizlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.

2.2 «Virkotsid», GOST 12.1.007-76 ga muvofiq, III xavflilik sinfiga kiradi (o’rtacha xavfli moddalar). Preparatning ishchi eritmalari zaharliligiga ko’ra IV xavflilik sinfiga kiradi (kam xavfli moddalar).

2.3 Preparat metallarning korroziyasiga olib kelmaydi, matolarni rangsizlantirmaydi, nafas olish yo’llarini achishtirmaydi, ekologik xavfsiz – qo’llashdan keyin to’liq parchalanadi.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 «Virkotsid»: - hayvonlar va parrandalar bo’lmagan xonalardagi yuzalarni, asalari xo’jaligi, vivariylar, laboratoriyalar jihozlarini, transport vositalari, inkubatsiya tuxumlarini sepish usuli bilan profilaktik va majburiy (joriy va yakuniy) dezinfeksiya qilish; - hayvonlar va parrandalar bo’lgan xonalardagi og’illar, oxurlar, suvdonlar, devorlar, pollar va hokazolarni joylarda dezinfeksiya qilish, ishlarni bajarish davomida xonani shamollatish sharti bilan; - maxsus kiyimlar, ashyolar va idishlarni dezinfeksiya qilish; - hayvonlar va parrandalar bo’lganda havoni aerozol usuli bilan profilaktik dezinfeksiya qilish uchun qo’llanadi.

3.1.1 «Virkotsid» yuzalarni dezinfeksiya qilish uchun havo harorati 0°С dan yuqori bo’lganda, 1,0% konsentratsiyasida, ishchi eritmasining +5°C dan +25°C gacha haroratida qo’llanadi. Panjarali yuzalarni, to’rlarni, kam adsorblovchi materiallardan yuzalarni dezinfeksiya qilishda ishchi eritmasining sarflanishi 1 m³ ga 0.75 litr, oxurlar va devorlar uchun –1 m³ ga 1 litrni tashkil etadi.

3.1.2 Qo’zg’atuvchilar yuqqan maxsus kiyimlar, ashyolar, idishlar Virkotsidning 0,5% eritmasiga 24 soat yoki 0,7% eritmasiga 3 soat botirib, zararsizlantiriladi.

3.1.3 Mikroorganizmlar (mikobakteriyalar va spora hosil qiluvchi bakteriyalardan tashqari) yuqqan tuxumlar, Virkotsid preparatining 0,35% eritmasiga 15 daqiqaga botirish orqali zararsizlantiriladi.

3.1.4 «Virkotsid» bilan mahalliy dezinfeksiya qilish bakteriyali (sil va spora hosil qiluvchi bakteriyalardan tashqari), zamburug’li va virusli yuqumli kasalliklarda, 1%-eritma sepish usuli bilan (sarflash me’yori 1 m³ ga 1 litr), va 1 m³ ga 150 ml hisobidan 4% konsentratsiyadagi eritma bilan yo’naltiriladigan aerozollar bilan o’tkaziladi.

3.1.5 Hayvonlar va parrandalar bo’lganda havoni profilaktik dezinfeksiya qilish preparatning 1-2%-eritmalari bilan, 1 m³ ga 10 ml hisobidan, hajmli aerozollar usuli bilan o’tkaziladi.

3.1.6 Ish konsentratsiyalaridagi eritmalarni tayyorlashda «Virkotsid» kukuni 100% deb qabul qilinadi. Preparatning ishchi eritmalari bevosita dezinfeksiya qilishdan avval tayyorlanadi, idishlarga ichimlik suvi solinadi va aralashtirib, preparatning kerakli miqdori qo’shiladi. Eritmani isitish yoki issiq suvdan foydalanish mumkin emas.

3.1.7 Eritma har qanday mos keladigan idishlarda, shu jumladan bevosita DUK, LSD va hokazolarda tayyorlanadi.

3.1.8 Dezinfeksiya qilishdan avval ishlov beriladigan maydoni (S) aniqlanadi. Ish eritmasining kerakli hajmi (V) litrlarda to’rli va kam adsorblovchi yuzalar uchun quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:  

V = S × 0,75
Pollar, oxurlar, devorlar uchun:
B = S × 1.  

3.1.9 Ish eritmasi ob’ektlarga DUK, LSD turidagi va hokazo moslamalardan sepiladi, va kamida 1 soat kutib turiladi. Yo’naltirilgan aerozollar bilan dezinfeksiya qilish uchun uchliklardan foydalaniladi (TAN, PVAN va hokazo), hajmli dezinfeksiya sovuq tuman aerozollari generatorlari orqali amalga oshiriladi. Dezinfeksiya qilishdan avval, amaldagi Chorvachilik ob’ektlarini  veterinariya dezinfeksiya qilishni o’tkazishga oid Yo’riqnomaga muvofiq yuzalar mexanik tarzda tozalanadi. Dezinfeksiya qilishning samarasini oshirish uchun mexanik tozalash paytida yuzalarni yuvish vositalari bilan, ularni qo’llash yo’riqnomalariga muvofiq, namlash va yuvish maqsadga muvofiq bo’ladi. «Virkotsid» ishchi eritmasining parchalanishi mahsulotlari kam zaharliligi tufayli, ishlov berilgan yuzalar keyinchalik yuvilmaydi.  

 

4.SHAXSIY PROFILAKTIKA CHORALARI
4.1 Preparat bilan ishlash kamida 18 yosh bo’lgan, dezinfeksiya vositalari bilan ishlash taqiqlanmagan shaxslarga ruxsat etiladi.

4.2 Preparat va uning ishchi eritmalari bilan ishlashda, umumiy xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, shaxsiy htimoyalash vositalari to’plamidan va maxsus kiyimlardan (kombinezon, rezinali yoki plastik ustki yenglari, rezinali fartuk, rezina qo’lqop, rezina etik, himoya ko’zoynak, respirator yoki A, V, M yoki BKF rusumli protivogaz) foydalanish lozim.

4.3 Preparat ko’zga tekkanda, ularni suv oqimi bilan 10-15 daqiqa davomida yuvish va natriy sulfatsidning 30% eritmasini tomizish lozim. Zarur bo’lganda shifokorga murojaat qiling.  

 

5. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
5.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish