Home \ VETILOZIN-50%

VETILOZIN-50%

vetilozin50_250g  
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Vetilozin 50%» kukuni - 1 g preparatning tarkibida 500 mg makrolid antibiotik tilozin tartrat va to’ldiruvchi moddalar - laktoza, saxaroza, glyukoza mavjud. 

1.2 Preparat tashqi ko’rinishiga ko’ra suvda eruvchan, gigroskopik, oq yoki och sariq rangli, mayda zarrali, o’ziga xos hidli kukundir.

1.3 Preparat ikki qavatli polietilen paketlarda, alyuminiy zarqog’ozli paketlarda 0,25-2,0 kg dan, yoki polimer bankalarda 0,5-10,0 kg dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi. 

1.4 Preparatni quruq, qorong’i joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. Belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 2 yil.

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Tilozin – makrolidlar guruhidagi antibiotik modda, ko’pchilik gram-musbat va ba’zi gram-manfiy bakteriyalar, shu jumladan streptokokklar, stafilokokklar, korinebakteriyalar, klostridiyalar, pasterellalar, erizipelotrikslar, spiroxetalar, xlamidiyalar, treponemalar, dizenteriya va mikoplazmalarga nisbatan faol ta’sir ko’rsatadi.

2.2 Og’iz orqali ichilganda antibiotik oshqozon-ichak tizimidan yaxshi so’riladi va organizmning amalda barcha a’zolariga va to’qimalariga kirib o’zlashadi. O’pka, jigar, sut bezlarida va buyrakda tilozinning eng yuqori darajasiga erishiladi. Vetilozin preparatining bir marotabalik qo’llanishidan keyin antibiotikning terapevtik konsentratsiyasi organizmda 15-18 soat davomida saqlanadi.

2.3 Tilozin organizmdan asosan o’t bilan, kamroq miqdorda – siydik va sut bilan chiqariladi.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 «Vetilozin 50%» kukuni tovuqlarning respiratorli mikoplazmozini, kurkalarning yuqumli sinusitini davolash uchun qo’llanadi. Cho’chqalarga dizenteriya, bakterial kelib chiqishdagi gastroenterokolitlarda, buzoqlarga – tilozinga sezgir qo’zg’atuvchilar tufayli kelib chiqqan bronxopnevmoniyalarda davolash-profilaktika vositasi sifatida belgilanadi.

3.2 Preparat ichimlik suvi bilan belgilanadi. Davolash davrida cho’chqalarga va parrandalarga faqat antibiotikli suv beriladi. Qo’llashdan avval preparatning tavsiya etilgan dozasi kukunga qo’shilgan ozgina suvda eritiladi, keyin esa uni ichirish me’yorigacha suv bilan suyultiriladi. Preparatni yem bilan aralashtirib ishlatish ruxsat etiladi. Bunday aralashmani pishirish mumkin emas.

3.3 Parrandalarning respiratorli mikoplazmozi va yuqumli sinusiti kasalliklarining profilaktikasi uchun «Vetilozin 50%» kukuni 1 l suvga 1 g hisobida belgilanadi: - ko’paytirish uchun boqiladigan parrandaga 1-5, 28-29, 56-57 va 140-141 kunlik yoshida; - tuxum qo’yuvchi zotli sanoat boquvidagi jo’jalarga va broylerlarga 1-3 va 28 kunlik yoshida, kurkalarga 1-3 va 28-29 kunlik yoshida. Davolash maqsadida preparat xuddi shunday dozada jo’jalarga 3, kurkalarga 5 sutka davomida qo’llanadi. Cho’chqalarning dizenteriyasida va gastroenterokolitlarida preparat sutkasiga ikki marta, 1 l suvga 0,5 g (yoki hayvonlarning 1 kg tana vazniga 10 mg) bir marotabalik dozasida 3-10 kun davomida belgilanadi. Buzoqlarga bronxopnevmoniyada davolash-profilaktika vositasi sifatida preparat suv yoki sut bilan sutkasiga ikki marta hayvonlarning 1 kg tana vazniga 10 mg dozasida 7-14 kun davomida individual ichiriladi.

3.4 Nojo’ya ta’siri. Ayrim hollarda cho’chqachalarda teri eritemasi va  qichishish kuzatilishi mumkin, ular preparatni qo’llash to’xtatilganidan keyin o’tib ketadi.

3.5 Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar. Tuxum qo’yadigan tovuqlarga, shuningdek penitsillinlar bilan, sefalosporinlar yoki linkomitsin bilan bir vaqtda qo’llash mumkin emas, chunki bu tilozinning antibakterial ta’sirini kamaytirishi mumkin, shuningdek preparatning tarkibiy moddalariga yuqori sezgirlik bo’lganda qo’llash mumkin emas.

3.6 Buzoqlarni go’sht uchun so’yish preparatni oxirgi qo’llashdan keyin 14 kundan so’ng, cho’chqalarni va parrandalarni – 5 kundan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlar va parrandalarning go’shti yem-ozuqa maqsadida ishlatilishi mumkin. Preparat bilan davolangan parrandalarning tuxumlaridan oziq-ovqat maqsadlari uchun foydalanish mumkin emas.  

 

4. SHAXSIY PROFILAKTIKA CHORALARI
4.1 Preparatni suv va yem bilan aralashtirish bilan shug’ullanuvchi shaxslar, sensibilizatsiya xavfi tufayli respiratorlarda yoki doka-paxta niqoblarida ishlashi lozim.

4.2 Ish tugaganidan keyin qo’llarini va yuzini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim.  

 

5. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
5.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish