Home \ TOLTROKS - 2,5%

TOLTROKS - 2,5%

toltroks.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Toltroks 2,5%»

1.2 Preparat rangsizdan och jigar ranggacha bo’lgan, suv bilan oson aralashtiriladigan shaffof suyuqlikdir. 1 ml «Toltroks 2,5%» preparatining ichida 25 mg ta’sir etuvchi modda toltrazuril mavjud.

1.3 Preparat polimer butilkalarga (kanistralarga) 250, 500 va 1000 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.4 Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha), yorug’likdan pana joyda, +5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. Preparatning yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 24 oy.

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1. Toltrazuril parrandalarda parazit sifatida yashovchi barcha koksidiyalarga nisbatan (E. acervulina, E. brunetti, E. necatrix, E. mitis, E. adenoides, E. meleagrimitis, E. anceris, E. truncata), shu jumladan boshqa koksidiyalarga qarshi preparatlarga chidamli shtammlarga nisbatan samarali ta’sir etadi. Preparatning tarkibiga kiruvchi toltrazuril eymeriyalarning hujayra ichidagi rivojlanishining barcha bosqichlariga koksidiotsid ta’sir ko’rsatadi.

2.2. Toltrazuril organizmga ta’sir etish darajasiga ko’ra o’rtacha xavfli moddalarga kiradi (GOST 12.1.007-76 ga muvofiq 3-xavflilik sinfi), tavsiya etilgan dozalarda va ulardan 10 baravar yuqori dozalarda parrandalarda nojo’ya holatlarni va asoratlarni keltirib chiqarmaydi, va koksidiozga immunitetning shakllanishiga to’sqinlik qilmaydi.  

 

3. PREPARATNI QO’LLASH TARTIBI
3.1 «Toltroks 2,5%» broylerlar, kurkalar, g’ozlar va o’rdaklarning koksidiozlarida, davolash-profilaktika maqsadida qo’llanadi.

3.2. Preparat parrandalarga to’shamasida koksidiyalar miqdorining o’ta yuqori darajasiga yetganda (10 – 20 ming/g), shuningdek parrandalarda kasallikning klinik alomatlari paydo bo’lganda belgilanadi. «Toltroks 2,5%» ichimlik suvi bilan, quyida keltirilgan sxemalardan biriga muvofiq, qo’llanadi:

a) ikki kun ketma-ket, parrandaning 1 kg tana vazniga 7 mg toltrazuril dozasida (parrandaning 100 kg tana vazniga 28 ml preparat), uning ekvivalent miqdori 1 l ichimlik suviga 1 ml preparat bo’lib, uni 48 soat davomida ichiriladi.
b) 1 l ichimlik suviga 3 ml preparat bo’lib, uni parrandaga 8 soat davomida ikki kun ketma-ket ichiriladi. Zarur bo’lganda, og’ir kasallik holatida, davolash kursi 5 kundan keyin takrorlanadi.

3.3. Davolash eritmasi (preparat suv bilan aralashtirilganidan keyin) 48 soat davomida o’z faol ta’sirini saqlab qoladi. Eritmalarning 1 l ichimlik suviga 1 ml «Toltroks 2,5%» miqdorida va undan yuqoriroq konsentratsiyasida, ya’ni 1:1000 nisbatida, cho’kma tushishi mumkin. Cho’kma paydo bo’lsa, eritmani ishlatishdan avval yaxshilab aralashtirish lozim.

3.4. Nojo’ya holatlari. Tavsiya etilgan dozalariga va qo’llash sxemalariga  rioya qilingan holda bo’lmaydi.

3.5 Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar. «Toltroks 2,5%» tuxum qo’yadigan tovuqlarga qo’llanishi mumkin emas.

3.6 Parrandani go’sht uchun so’yish dori vositasini qo’llash to’xtatilganidan keyin kamida 8 kun o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan parrandaning go’shti go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

3.7 «Toltroks 2,5%» parrandalar uchun yem qo’shimchalari, vitaminlar va boshqa dori vositalari bilan birgalikda qo’llanishi mumkin.  

 

4. EHTIYOT CHORALARI
4.1. Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan hollarda, uni darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak.

4.2 Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.

4.3 Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish lozim.

4.4 Preparatning idishini oziq-ovqat maqsadlar uchun ishlatish taqiqlanadi.  

 

5. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
5.1 Preparatni qo’llashdan keyin asoratlar aniqlangan holda, ushbu seriyadan foydalanish to’xtatiladi va bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga (700178, Toshkent shahri, Qoraqamish 2/4 dahasi, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy) va preparatni ishlab chiqaruvchiga bildiriladi. Ayni paytda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga hayvonlarda asoratlarni yuzaga keltirgan preparat seriyasining namunalarini, asoratlarning batafsil ta’rifi bilan birga, yuboriladi.

 

bo'limga qaytish