Home \ SURFAGON ERITMASI

SURFAGON ERITMASI

surfagon.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Surfagon» preparatining inyeksiyalar uchun eritmasi.
1.2 «Surfagon» gonadotrop rilizing-gormon LG-RG-lyuliberinga o’xshash sintetik nanopeptid moddadir.

1.3 Preparat xlorli natriyning izotonik eritmasidagi surfagonning steril eritmasidir. 1 ml tarkibida 5 yoki 10 mkg surfagon mavjud. Preparat shisha flakonlarda 1, 2, 5, 10 va 20 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.4 Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha), quruq, yorug’likdan pana joyda, +2°C dan +10°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning ko’rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – 2 yil.

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 «Surfagon»ni parenteral kiritish farmakologik ta’siriga ko’ra tabiiy lyuliberinga to’liq o’xshash, ya’ni surfagon kiritilganidan keyin ko’pi bilan 2-3 soat ichida qonga gipofiz gonadotropinlari ajralishini rag’batlantiradi. Qondagi gonadotropinlarning yuqori miqdori preparat kiritilishidan keyin 4-5 soat davomida saqlanib qoladi.

2.2 Tabiiy lyuliberindan farqli ravishda, surfagonning biologik faolligi 50 baravar yuqoriroq, bu esa ushbu preparatni mikrodozalarda va qisqa kurslar bilan qo’llash imkonini beradi.

2.3 «Surfagon» tabiiy lyuliberinga nisbatan fermentlar ta’sirida sekinroq parchalanadi, bu uning gipofizning gonadotrop funksiyasiga kuchliroq biologik ta’sir etishini belgilab beradi.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 Jinsiy siklning ertaroq boshlanishi uchun. Jinsiy siklning boshlanishini rag’batlantirishning ikkita usuli taklif etiladi. Birinchi usulida preparatni asoratsiz tug’ishdan keyin tug’ruqdan keyingi davrda qo’llash tavsiya etiladi. Ikkinchi usulida endometrit bilan kasallangan va bachadon involyutsiyasi sekinlashgan sigirlarga qo’llash tavsiya etiladi.
1-usuli. «Surfagon» sigirlarga tug’ruqdan keyin 5-15–kuni, 50 mkg dozasida bir marotaba kiritiladi. Preparat kiritilganidan keyin hayvonlarning qochirish davri boshlanishi mumkin, lekin urug’lantirishni tug’ruqdan keyin kamida 45 kun o’tganda, ya’ni ikkinchi qochirish davrida o’tkazish lozim.
2-usuli. Tug’ruqdan keyin 8-10 kuni surfagon 50 mkg dozasida bir marotaba, tug’ruqdan keyin 18-20 kuni esa, bachadonning holatidan qat’i nazar, 250 mkg dozasida estrofan yoki kloprostin, yoki 20 mg enzaprost kiritilishi, 36-kuni - 10-25 mkg surfagon kiritilishi kerak. Rag’batlantirilgan qochirish davrida sigirlarni urug’lantirish tavsiya etilmaydi. Hayvonlarni urug’lantirishni tug’ruqdan keyin kamida 45 kun o’tganda o’tkazish lozim.  

3.2 Tuxumdonlarning gipofunksiyasini davolash uchun. Tuxumdonlar gipofunksiyasining yengil shaklini davolash uchun surfagon ikki marotaba: birinchi martta – jinsiy siklning 8-12 kunida 50 mkg dozasida, takroran - 10 kundan keyin 10-25 mkg dozasida kiritiladi. Tuxumdonlarning kuchliroq ifodalangan gipofunksiyasi holatida 1-3-, va 5- kunlari mushak ichiga 10 sm³ progesteronning 1% moyli eritmasi kiritiladi, 7-kuni surfagon 50 mkg dozasida kiritiladi.

3.3 Tuxumdonlarning folllikulyar kistasi. Sigirlarda follikulyar kistalarni davolash uchun surfagon uch marta, 24 soat oralig’i bilan, 25 mkg dozasida kiritiladi. Preparatni birinchi kiritishdan keyin 11-kuni estrofan yoki kloprostin 250 mkg dozasida ikki martta, 10-12 soat oralig’i bilan kiritiladi. Estrofanni kiritishdan keyin 3-6 kun o’tganda hayvonlarda to’laqonli follikullar rivojlanadi va jinsiy sikl me’yorga keladi. Qochirish davri kelgan paytida ular urug’lantirib boriladi.

3.4 Ilk embrion o’limining oldini olish. «Surfagon» sariq tanachaning funksional faolligini oshirish uchun –urug’lantirishdan keyin 8-12 kunida, bir martta 50 mkg dozasida kiritiladi.

3.5 Sigirlar va yosh sigirlarning urug’lantirilishini oshirish. Ikki va undan ortiq urug’lantirishning natijasi bo’lmaganda, jinsiy siklning 10-14 kunida mushak ichiga ikki marta, 10-12 soat oralig’i bilan estrofan yoki kloprostin 250 mkg dozasida kiritiladi. Qochirish davrining boshida, yoki estrofan yoki kloprostin birinchi marta kiritilishidan keyin 70 soat o’tganda, 50 mkg surfagon kiritiladi va hayvonlar urug’lantiriladi.  Urug’lantirishdan keyin 8-12 kunida 50 mkg surfagon kiritiladi.

3.6 Donor sigirlarda superovulyatsiyani keltirib chiqarish. Poliovulyatsiyani rag’batlantirish uchun, rag’batlantirilgan qochirish davrining birinchi 2-4 soati davomida yoki donor sigirlarga prostaglandinlar bilan ishlov berilganidan keyin 42-46 soat o’tganda 25 mkg «Surfagon» kiritilishi lozim. Urug’lantirish yo’l-yo’riqlarga muvofiq o’tkaziladi. Bunda to’laqonli embrionlarning soni 8-12% ga ortadi, va bu embrionlar amalda bitta rivojlanish bosqichida bo’ladi.

3.7 Urg’ochi cho’chqalarning urug’lantirilishini oshirish. Cho’chqachalar olib qo’yilganidan keyin 24-48 soat o’tganda hayvonlarga 1000 x.b. SJK yoki GSJK, 56 soat o’tganda - 50 mkg dozasida surfagon kiritiladi. Urg’ochi cho’chqalarning urug’lantirilishi yo’l-yo’riqlarga muvofiq o’tkaziladi.

3.8 Urg’ochi qo’ylarning urug’lantirilishini oshirish. «Surfagon» bir martta, 12-15 mkg dozasida kiritiladi.

3.9 Qo’lash mumkin bo’lmagan holatlar. Preparatga yuqori sezgirlik.

3.10 Nojo’ya ta’siri. Surfagon tavsiya etilgan dozalarida qo’llanishidan keyin biror-bir nojo’ya holatlar va asoratlar aniqlanmagan.

3.11 Preparat qo’llanganda olingan qishloq xo’jalik hayvonlarining go’shti va suti cheklashsiz ishlatiladi.  

 

4. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
4.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish