Home \ SUPERKILLER-E

SUPERKILLER-E

1l_new_SUPERKILLER
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR «Superkiller-E» (25% dispergirlangan suvli kontsentrat emulsiyasi) - piretroidli insekto-akaritsid preparat, : ta’sir ko’rsatuvchi modda sipermetrin - a-siano-3-fenoksibenzil-tsis trans-2,2-dimetil-3-(2,2-dixlorvinil) siklopropankarboksilat (empirik formulasi: C22H19O3NCl2). Tashqi ko’rinishi – oq rangdan sarg’ish malla ranggacha bo’lgan, o’ziga xos hidli moyli suyuqlikdir. Preparat quyidagicha qadoqlangan holda chiqariladi:
- 0.1; 0.2; 0.5; 1.0; 1.2 l dan polimer butilkalarga;
- 2.0; 3.0; 4.0; 5.0; 10.0; 15.0; 20.0; 25.0 l dan po'lat yoki polimer kanistrlarga;
- 50.0; 100.0; 200.0 l dan metal yoki polimer bo'chkalarga. Preparat zavod o'ramida, ehtiyotlik bilan (B ro’yxati) ombor xonalarida, oziq-ovqat mahsulotlari va yemlardan alohida, ochiq alanga manbalari va isitish asboblaridan uzoqda, xona harorati 25°С dan oshmagan holatda saqlash lozim. 

Preparatning saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 1 yil.

 

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Preparatning ta’siri shundan iboratki, preparatning komponentlari hasharotlarning nerv membranalariga ta’sir etadi, ionli kanallarni bloklaydi, va shu bilan nerv impulslarining normal o’tkazuvchanligiga to’sqinlik qiladi. Preparatning yog’li emulsiyasi ta’sir etuvchi moddaning tez ichiga kirishiga yordam beradi, bu esa parazitlarning o’limiga olib keladi.
 - Issiq qonli hayvonlar uchun zaharliligi darajasiga ko’ra tsipermetrin o’rtacha xavfli birikmalarga kiradi va tavsiya etilgan dozalarida tashqi qo’llanganda intoksikatsiya chaqirmaydi.
 - Preparat saqlashda barqaror bo’ladi, suv bilan yaxshi emulsilanadi va och sut rangli emulsiyani hosil qiladi. Yaylov va qo’tir kanalari, bitlar, burgalar, pashsha va chivinlarning tuxumlari, lichinkalari va yetilgan hasharotlarga nisbatan faol bo’ladi.  

 

QO’LLASH TARTIBI: Hayvonlarga «Superkiller-E» preparatining suvli eritmalari (ish emulsiyalari) sepish yo’li bilan ishlov beriladi, buning uchun turli sepish  uskunalari - DUK, VDM, ODN va 2,5-3 atm. lik suyuqlik bosimini ta’minlaydigan boshqa mexanizmlar, shuningdek statsionar dush kameralari ishlatiladi. Ish emulsiyasining harorati 15-25°C doirasida, hayvonlarga ishlov berish paytida havo harorati esa kamida 10°C bo’lishi kerak.

  -  Yirik qoramol, otlar, tuyalar, qo’ylar, echki va cho’chqalarning yaylov kanalariga qarshi kurash uchun, 12 ml  preparatni 18 l suvga nisbatida ish emulsiyasi tayyorlanadi. Hayvonlarga teri-tuk qoplamasining to’liq namlanmaguncha sepiladi. Hayvonlarga takroriy ishlov berish kanalar hujum qiladigan mavsum tugaguncha 3 hafta oralig’ida o’tkaziladi.
  -  Qo’tir kanalariga qarshi kurash uchun yirik qoramol, otlar, tuyalar va cho’chqalarga 60 ml  preparat 400 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi sepiladi.
  -  Qo’ylar va echkilarni qo’tir profilaktikasi maqsadida va kasallikka gumon qilinganda, 60 ml preparati 830 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi sepiladi yoki 30 soniyadan 1 daqiqagacha unda cho’miltiriladi.
  -  Vanna 60 ml preparat 622 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi bilan to’ldiriladi.
  -  Qo’tir kanalari yuqishining og’ir holatlarida hayvonlarga 60 ml preparat 500 l suvga nisbatida tayyorlangan ish emulsiyasi sepiladi yoki unda cho’miltiriladi, hayvonning butun tanasi ish emulsiyasiga 30 soniyadan 1 daqiqagacha botiriladi. Bunda vanna 60 ml preparati 375 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi bilan to’ldiriladi. Zarur bo’lganda ishlov berish 10 kundan keyin takrorlanadi.
  -  Pashshalarni yo’q qilish uchun 40 ml preparat 10 l suvda suyultiriladi, chiqinlarni yo’q qilish uchun - 40 ml preparat 20 l suvda suyultiriladi va ularning yig’iladigan joylariga tanlab sepiladi.
  -  Molboqarlik xonalarida kanalarni yo’q qilish uchun ularni 40 ml preparatni 10 l suv bilan suyultirib, ish emulsiyasi bilan ishlov berish lozim. Xonalarga dori 1 m2 ishlov beriladigan yuzaga 200 ml ish emulsiyasi hisobidan sepiladi. Ishlov berishdan 2,5-3 soat o’tganda yem oxurlari va ichish moslamalari 3% kaltsiyli soda eritmasi bilan dezaktivatsiya qilinadi. Hayvonlar ishlov berilgan xonalarga dezakarizatsiya o’tkazilganidan keyin kamida 3-4 soat o’tganidan keyin joylashtiriladi. Xonalarni dezakarizatsiya qilishda, kanalardan tashqari, bitlar, burgalar, pashsha va chivinlar, shunigdek suvaraklar, o’rgimchaklar va boshqa hasharotlar o’ladi.

  -  Hayvonlar zaharlangan holda (holsiz holati, so’lak oqishi, tez-tez siyish, nerv buzilishlarining alomatlari) teri ostiga quyidagi antidotlar kiritiladi: 1% atropin, 100 kg tirik vazni hisobiga 1 ml dozasida. Agar intoksikatsiya alomatlari o’tib ketmasa, atropin takroran xuddi shu dozada kiritiladi.

Hayvonlarni go’sht uchun so’yish ishlov berishdan 10 sutkadan keyin, sutdan oziq-ovqat maqsadida foydalanish - 2 sutkadan keyin ruxsat etiladi. Preparat bilan ishlov berilgan honalarda saqlangan sut va go’sht mahsulotlarini oziq-ovqat maqsadida foydalanish cheklovlarsiz ruxsat etiladi.  

 

SHAXSIY PROFILAKTIKA CHORALARI: Preparat bilan ishlash maxsus kiyimda, rezina qo’lqopda, etikda bajarilishi kerak. "A" rusumli qutichali protivogazlar yoki F-62M, Astra-2, Lepestok-5, Lepestok-40, Lepestok-200 respiratorlaridan majburiy tartibda foydalanish lozim. Preparat bilan ishlash paytida chekish, ichish va ovqat yeyish taqiqlanadi. Ishlar tugaganda qo’llarni sovunli iliq suv bilan yuvish va og’iz bo’shlig’i va burunni chayqash lozim. Bo’shagan idishlarni yondirish yoki yerga ko’mish kerak. Preparat bilan ishlovchilarda zaharlanish alomatlari paydo bo’lganda (bosh aylanishi, ko’ngil aynishi, ko’p so’lak oqishi, ko’z yoshi oqishi) ishni to’xtatish, jabrlanganlarni xonadan chiqarib olish, maxus kiyimlar va himoya moslamalarini yechish, yuzi va qo’lini sovunli suv bilan yuvish va tibbiy yordam uchun murojaat qilish lozim. Preparat ko’zga tekkanda ularni suv yoki osh sodasining 2% eritmasi bilan yuvish lozim. Ko’zning shilliq pardasi achishishi paydo bo’lganda 30% albutsid, ko’z og’riganda - 2% novokain tomiziladi. Maxsus antidotlar: atropin sulfat, dietiksim, 2-PAM. Preparat baliqlar, asalarilar va boshqa dala hashoratlari uchun zaharli hisoblanadi.  

 

ETIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI: Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish