Home \ STREPTOTSID MalhamiI 10%

STREPTOTSID MalhamiI 10%

streptotsid10.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1«Streptotsid 10%» malhami, veterinariya uchun.

1.2 100 g malhamda 10 g streptotsid mavjud.

1.3 Malham oq rangdan sariq-jigar ranggacha, bir jinsli quyuq, kuchsiz aromatik hidli massadan iborat.

1.4 Preparat polimer idishlarga 100 - 1000 g dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.5 Malham quruq, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – 4 yil.

 

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Malhamning tarkibiga kiruvchi streptotsid mikroblarga qarshi va bakteriostatik ta’siriga ega bo’lib, sekretsiya va ekssudatsiya jarayonlari kamayishiga, jarohatlangan to’qimalarning regeneratsiyasi jarayonining tezlashuviga yordam beradi.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 Malham qishloq xo’jalik hayvonlarida yaralar, chuqur yaralar, kuyishlar, emchak yorilishlarini  davolash uchun tashqi ravishda qo’llanadi.

3.2 Malham yara tuzalguncha kuniga 1-2 marta bevosita jarohatlangan joyga yupqa qatlam qilib surtiladi yoki doka bog’lamaga surtib qo’yiladi.

3.3 Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi. Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.

3.4  Malham qo’llanganda, hayvonlarni go’sht uchun so’yish va sutni oziq-ovqat maqsadlarida ishlatish cheklanishsiz amalga oshiriladi.  

 

4. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
4.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish