Home \ SELEN+VITAMIN E

SELEN+VITAMIN E

e__selen.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Selen + E vitamini» (Selenium +Vitaminum E).

1.2. Preparat tarkibida E vitamini (a-tokoferol atsetat) va natriy selenit shaklidagi selen mavjud. 1 ml preparat tarkibida 50 mg E vitamini va 1 mg selen bor.

1.3. «Selen + E vitamini» rangsiz yoki och sariq tusli, kuchsiz o’ziga xos hidli suyuqlikdir (opalessensiya bo’lishi mumkin).

1.4. Preparat shisha flakonlarda, 10, 20, 50, 100, 200 va 250 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi. Preparat B ro’yxati bo’yicha quruq, yorug’likdan pana joyda, +5°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning ko’rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – 2 yil.

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 «Selen + E vitamini» hayvonlar organizmida E vitamini va selen yetishmovchiligini to’ldiradi. E vitamini oksidlanish-tiklanish jarayonlarini sozlaydi va uglevod-yog’lar almashinuviga ta’sir etadi, A va D3 vitaminlarining ta’sir etishini kuchaytiradi. Shuningdek u immunitetning holatiga, organizmning umumiy kurashuvchanligiga, reproduktiv funksiyasiga ta’sir etadi. Selen E vitaminining samarali ta’sir etishiga ko’p jihatdan yordam beradi, u shuningdek oksidlanish-tiklanish jarayonlarida ma’lum o’rin tutadi.

2.2 Organizmga preparatning kiritilishi qonda va boshqa to’qimalarda E vitamini va selen miqdorining tez ortishiga olib keladi.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 Preparat selen va E vitaminining yetishmasligi tufayli kelib chiqqan kasalliklarni profilaktika qilish, oq mushaklik kasalligiga uchragan hayvonlarni davolash maqsadida, shuningdek patogenetik davolash, moddalar almashinuvini yaxshilash, urg’ochilarning nasl qoldirish qobiliyatini oshrish, yosh haш ҳйвонлар  насл қобилиятини н ҳайвонларни даволаш иyvonlar organizmining tabiiy rezistentligini va uning atrof muhitning nomaqbul omillariga chidamliligini oshirish, hayvonlarda jigarning toksik distrofiyasini davolash vositasi sifatida, shuningdek o’sishining kechikishi va kam vazn qo’shilishida, parrandaning entsefalomalyatsiyasi va ekssudativ diatezida qo’llanadi.

3.2 Preparat barcha hayvonlar turlariga mushak ichiga yoki teri ostiga (otlarga faqat mushak ichiga) profilaktika maqsadida 2-4 oyda 1 marta quiydagi dozada kiritiladi:

- katta hayvonlarga (yrik qoramol, qo’ylar, echkilar, cho’chqalar, otlar): hayvonning 50 kg tana vazniga 1 ml dan;
- yosh qishloq xo’jalik hayvonlariga: hayvonning 10 kg tana vazniga 0,2 ml dan;
- itlarga, mushuklarga, mo’ynali hayvonlarga: hayvonning 1 kg tana vazniga 0,04 ml dan.

Uy parrandalariga preparat 1000-2000 litr suvga 130 ml dozasida qo’llanadi. Preparat profilaktika maqsadida jo’jalarga 1 sutkalik yoshidan boshlab 2-3 haftada 1 marta, yetilgan parrandalarga – oyda 1 marta; davolash maqsadida - 1-2 hafta oralig’i bilan 2-3 marta beriladi.. Davolash maqsadida preparatning dozasi ko’pi bilan 1,5 marta oshirilishi mumkin. Zarur bo’lganda, preparat 7-10 kundan keyin takroran kiritiladi.

3.3 Alohida ko’rsatmalar. Preparatning dozasi oshib ketganda zaharlanish holati yuzaga kelishi mumkin, shuning uchun bitta hayvonning  dozasi: otlar uchun 20 ml, sigirlar uchun 15 ml, qo’ylar, echkilar va cho’chqalar uchun - 5 ml dan oshmasligi lozim. Cho’chqachalarga preparat kamida 8 kundan katta bo’lganda qo’llanadi. Yoppasiga ishlov berishdan avval 3-4 ta bosh hayvonlarda preparatning qabul qilinishiga sinama qilish lozim. Kuzatish muddati - 1 sutka.

3.4 Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar. Hayvonlar selenga yuqori shaxsiy sezgirligi bo’lganda, yoki hayvonlar oxirgi 10 kun davomida tarkibida selen bo’lgan preparatlar bilan ishlov berilganda, preparatning qo’llanishi mumkin emas.

3.5 Tavsiya etilgan dozalarida preparat hayvonlarda asoratlarni va nojo’ya ta’sirini keltirib chiqarmaydi. Anafilaktik reaksiya holatida zudlik bilan adrenalin kiritish lozim. Hayvonlar dozaning oshib ketishi tufayli zaharlanganda, davolash uchun arsanil kislota yoki arsanil kislotasining natriyli tuzi (atoksil) hayvonlarning 1 kg tana vazniga 1,5-2 mg hisobidan qo’llanadi. Shuningdek, unitiol, natriy tiosulfat, metionin qo’llanadi.

3.6 Preparat bilan davolash-profilaktik ishlov berilgan hayvonlar va parrandalardan olingan go’sht va sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun cheklashsiz ishlatish mumkin.  

 

4. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
4.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish