Home \ RUX MALHAMI

RUX MALHAMI

ruxmalxami.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Ruxli malham», veterinariya maqsadida.

1.2 Preparat tarkibida malham asosida dispersiyalangan rux oksidi mavjud. 100g malhamda 10g rux oksidi bor.

1.3 Preparat oq yoki och sariq rangli, hidsiz quyuq, bir jinsli massadan iborat. Ruxli malham, veterinariya maqsadida, polimer idishlarda 100-1000g dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.4 Preparat quruq, qorong’i joyda, +4°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning ko’rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 3 yil.

 

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 «Ruxli malham» bog’lovchi, qurituvchi, yallig’lanishga qarshi va dezinfeksiya qiluvchi ta’siriga ega.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 Malham teri kasalliklarida (fasod oquvchi yaralar, kuyishlar, dermatitlar, furunkulyoz, piodermiyalar, yotishdan ezilgan joylar) surtib qo’llanadi.

3.2 Malham tuzalguncha kuniga 1-2 marta bevosita shikastlangan joyga yupqa qatlam qilib surtiladi.

3.3 Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi. Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.

3.4 Malham qo’llanganda hayvonlarni go’sht uchun so’yish va sutini oziq-ovqat maqsadida ishlatish yuzasidan cheklashlar yo’q.  

 

4. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
4.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish