Home \ RINGER-LOKK ERITMASI

RINGER-LOKK ERITMASI

ringerlokk.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Ringer-Lokk eritmasi» - inyeksiyalar uchun eritma shaklidagi dori vositasi, tarkibida ta’sir etuvchi moddalar natriy xlorid, kaliy xlorid, kalsiy xlorid, natriy gidrokarbonat, glyukoza va inyeksiyalar uchun suv bor.

1.2 Preparat ko’rinuvchan zarralari bo’lmagan, rangsiz shaffof steril suyuqlik bo’lib, shisha flakonlarga 50, 100, 200, 250, 400, 450 va 500 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.3 Preparat quruq, yorug’likdan pana joyda, 0°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning ko’rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 2 yil.

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 «Ringer-Lokk eritmasi» hayvonlarning qon plazmasiga izotonik bo’lib, hayvonlar organizmida suv-tuz va kislota-ishqor mutanosibligini maromiga soladi.

2.2 Kiritilganidan keyin dori vositasi inyeksiya joyida tez so’riladi va hayvonning a’zolari va to’qimalarida taqsimlanadi.

2.3 Preparat to’qimalarga achishtiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 «Ringer-Lokk eritmasi» hayvonlarga dispepsiyalar va organizmning suvsizlanishi va intoksikatsiyasi bilan kechadigan boshqa kasalliklarda, qon ketishda, yaralarni va ko’zni yuvish uchun belgilanadi. Undan shuningdek turli dori preparatlarini eritish uchun foydalaniladi.

3.2 «Ringer-Lokk eritmasi» teri ostiga yoki tomir ichiga quyidagi dozalarda qo’llanadi:

- otlarga va yirik qoramolga:                                     1000-3000 ml;
- mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlarga:                  100-300 ml;
- bir yoshgacha bo’lgan buzoqlarga:                           200-400 ml;
- qo’zichoqlarga va cho’chqachalarga:                        25-100 ml;
- itlarga:                                                                  10-200 ml;
- mushuklarga:                                                        5-50 ml.

Qo’llash dozalari va muddatlari hayvonlarning vazniga va kasallikning kechishi og’irligiga bog’liq bo’ladi. Teri ostiga kiritilganda preparat dozasini bo’lib, turli joylarga kiritiladi.

3.3 «Ringer-Lokk eritmasi» tavsiya etilgan dozalarda hayvonlarda nojo’ya ta’sir va asoratlarni keltirib chiqarmaydi.

3.4 «Ringer-Lokk eritmasi»ni qo’llash boshqa dori vositalarini qo’llashni istisno etmaydi.

3.5 «Ringer-Lokk eritmasi»ni qo’llash mumkin bo’magan holatlar aniqlanmagan.

3.6 «Ringer-Lokk eritmasi»ni qo’llash paytida va undan keyin olingan chorvachilik mahsulotlari oziq-ovqat maqsadlari uchun cheklashsiz ishlatiladi.  

 

4. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
4.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish