Home \ PRAZIKVANTEL

PRAZIKVANTEL

prazikvantel.jpg
1.UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Prazikvantel» - antigelmint preparati bo’lib, har bir tabletkada ta’sir etuvchi moddasi sifatida 50 mg prazikvantel va yordamchi moddalar mavjud. Polimer qoplamali va attractant ta’m qo’shimchali granulalarda 25 mg prazikvantel bor.

1.2 «Prazikvantel» - 5, 10, 50, 100, 110 va 500 tadan tabletka yoki granulalar blister yoki polietilen o’ramiga qadoqlanadi va ular karton qutilarga solinadi.

1.3 Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati) ishlab chiqaruvchining o’ramida, yorug’likdan himoyalangan joyda, namlik tushishidan asrab, bolalar yeta olmaydigan joyda, –8°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatnig yaroqlilik muddati saqlash sharoitlariga amal qilish sharti bilan - 3 yil.

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 «Prazikvantel» – keng doirada ta’sir etuvchi antigelmint preparati, hayvonlar exinokokkozi, difilobotriozi, dipilidozi, gidatigerozi, multitseptozi va oriyentobilxarsiozi kasalliklariga qo’llanadi.

2.2. Preparatning ta’sir etish mexanizmi fumaratreduktaza ta’sirini bosishda, hujayra membranalari o’tkazuvchanligi va nerv-mushak innervatsiyasi buzilishidan iborat, bu esa gelmintlarning falajiga va o’limiga olib keladi.

2.3 Preparat issiq qonli hayvonlar uchun kam zaharli (oq sichqonlar uchun LD50 og’iz orqali ichilganda 2650 mg/kg ni tashkil etadi). Tavsiya etilgan dozalarda mahaliy achishtiruvchi, embriotoksik, teratogen va sezgirlikni oshiruvchi xususiyatlariga ega emas.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1. «Prazikvantel» exinokokkoz, difilobotrioz, dipilidoz, gidatigeroz, multitseptoz va oriyentobilxartsioz holatida hayvonlarni gijjalardan tozalash uchun bir martta ishlatiladi.

3.2 «Prazikvantel» preparatining granulalari yoki tabletkalari hayvonlar uchun ichiga, og’iz orqali, avvaldan och qoldirilmagan holda, bir martta, individual tarzda etxo’r hayonlarga 5 mg/kg vazinga, 1 ta granula 5 kg va 1 ta tabletka 10 kg tana vazni hisobida qo’llanadi. Oriyentobilxartsiozda preparatning do’zasi 25 mg/kg vazinga teng.

3.3 Profilaktika maqsadida itlar va mushuklarga har yil choragida yuqoridagi dozada gijjalarni tozalash uchun beriladi.  

 

4. EHTIYOT CHORALARI
4.1. Preparat bilan ishlaganda veterinariya vositalari bilan ishlashda ko’zda tutilgan shaxsiy gigiyena va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.  

 

5. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
5.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmasligi holatida, undan foydalanish to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston davlat veterinariya preparatlari ilmiy-nazorat laboratoriyasiga, 700178, Toshkent shahar, A.Yunusov ko’chasi, 1a uy manzili bo’yicha bildiriladi. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari hamda asoratlarning batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish