Home \ POLISULFON

POLISULFON

polisulfon.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Polisulfon» (Polysulfonum) - majmuiy akaritsid preparat bo’lib, uning suvli eritmasida oltingugurtning ishqorli erishi mahsulotlari, dimetilsulfoksid va barqarorlashtiruvchi modda mavjud. Preparatda oltingugurtning umumiy miqdori 5% ni tashkil etadi.

1.2 Preparat sariq rangidan to’q sarg’ish rangigacha, o’ziga xos hidli shaffof eritmadan iborat. Preparatda ozgina cho’kma bo’lishiga yo’l qo’yiladi.

1.3 «Polisulfon» shisha yoki polimer iste’mol idishlariga 50,0 dan 1000,0 sm³ gacha qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.4 Preparatni ehtiyotlik bilan (B ro’yxati), yorug’likdan pana joyda, 4°C dan + 20°C gacha haroratda saqlash lozim. Preparatning yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 1 yil.

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Ishqorlar bilan reaksiyaga kirishganda oltingugurt faol birikmaga aylanadi. Preparat teriga surtilganidan keyin, molekulyar oltingugurt, oltingugurt vodorodi va oltingugurt angidridi hosil bo’ladi, ular akaritsid, antiseptik ta’sir ko’rsatadi va terining retseptorlarini  achishtiradi.

2.2 Oltingugurtning qo’tirga qarshi ta’siri uning akaritsid ta’siri va qisman achishtiruvchi ta’siri borligi bilan izohlanadi. Teri retseptorlarini  achishtirish tufayli epidermis sho’ralab tushadi, moddalar almashinuvi ancha yaxshilanadi va kanalar ketkaziladi.

2.3 Preparatning eng samarali ta’siri optimal namlik bo’lganda va +30°C haroratida kuzatiladi. Havoning yuqori namligida oltingugurt angidridging bir qismi sulfat kislotaga aylanadi, u hayvonlar terisini kuchli achishtirib, kananing xitin qoplamasi orqali kam o’tadi, shu sababli preparatning akaritsid ta’siri kamayadi.

2.4 «Polisulfon» Sarcoptes, Psoroptes, Otodectes turidagi qo’tir kanalariga qarshi akaritsid ta’siriga ega.  

 

3. PREPARATNI QO’LLASH TARTIBI
3.1 Preparat yirik qoramol va mayda shoxli mol, otlar, cho’chqalar, uy hayvonlari va mo’ynali hayvonlar uchun qo’llanadi.

3.2 Preparat qo’tir kanalari tomonidan shikastlangan teri joylariga avvalgi tayyorgarlikdan so’ng (sovunli iliq suv bilan yuvish, qo’tirlarini olib tashlash) surtiladi. Ishlov berish ikki marta, 8-10 kundan keyin takrorlanadi.

3.3 Mayda hayvonlarga qo’tir holatida, avvalgi tayyorgarlikdan va qo’tirlarini olib tashlashdan so’ng, shikastlangan joyi yaxshilab moylanadi va 5-7 tomchi preparat kiritiladi, quloq ildizidan tepasigacha quloq chig’anog’i uqalanadi. Ishlov berish ikki marta, 7-10 kundan keyin takrorlanadi.

3.4 Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud emas.

3.5 Ishlov berilgan hayvonlarning go’shti va suti cheklashsiz ishlatiladi.  

 

4. SHAXSIY PROFILAKTIKA CHORALARI
4.1 Preparat teriga yoki ko’z shilliq pardasiga tekkanda, uni ko’p suv miqdori bilan yuvish kerak.

4.2 Preparat bilan ishlash tugaganidan keyin yuzi va qo’lini iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim.  

 

5. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
5.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish