Home \ POLIMER YOD-10%

POLIMER YOD-10%

polimerYod.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1«Polimer-yod 10%»

1.2 Preparat suv bilan yaxshi aralashtiriladigan quyishqoq to’q jigar rangli suyuqlikdir. 1 g «Polimer-yod 10%» preparatning tarkibida yodopolimerli majmua shaklidagi 100 mg faol yod mavjud.

1.3 Preparat shisha idishlarga 10 – 250 ml dan va polimer butilkalarga (kanistralarga) 0,1 – 0,5 l dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.4 Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha), quruq, yorug’likdan pana joyda, 0°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 24 oy.

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Preparat, faol yod borligi tufayli, spora hosil qilmaydigan mikroblar (mikobakteriyalardan tashqari), viruslar, zamburug’larga nisbatan keng ko’lamli ta’siriga ega. Preparat o’rtacha zaharli birikmalar guruhiga mansub. Eritmalari achishtiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi, metallar korroziyasini keltirib chiqarmaydi.

2.2 «Polimer-yod 10%» preparati GOST 12.1.007 – 76 ga muvofiq, oshqozonga kiritilganda o’tkir zaharliligi ko’rsatkichlari bo’yicha o’rtacha xavfli moddalarning 3-sinfiga, va teriga tekkanda – kam xavli moddalarning 4-sinfiga kiradi, teri qoplamlariga nisbatan mahalliy achishtiruvchi va sezgirlikni oshiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi, shilliq pardalarining o’rtacha achishishini keltirib chiqaradi. Preparatning bug’lari to’yingan konsentratsiyalarida o’rtacha xavfli hisoblanadi.  

 

3. PREPARATNI QO’LLASH TARTIBI
3.1 Nam dezinfeksiya. Asosiy dezinfeksiyalash vositalariga kam chidamli (I-guruh) va chidamli (II-guruh) guruhlarga kiruvchi yuqumli kasalliklarda profilaktik, shuningdek majburiy (joriy va yakuniy) dezinfeksiya qilish uchun, ular bo’yicha dezinfeksiyalash sifati ichak tayoqchasi va stafilokokklar ajralishi bo’yicha qaraladi, 1% eritma qo’llanadi va sarf qilish me’yori ishlov beriladigan yuzaga 0,2 – 0,3 l/m² ni tashkil qiladi. Profilaktik va yakuniy dezinfeksiyada kutib turish vaqti 3 soat, joriy dezinfeksiyada 1 soat.

Aerozolli dezinfeksiyalash. Chidamlilik bo’yicha I-guruh va II-guruhlarga kiruvchi yuqumli kasalliklarda profilaktik, shuningdek majburiy (joriy va yakuniy) dezinfeksiya qilish uchun, 1,5% preparat eritmasi qo’llanadi va sarf qilish me’yori 30 ml/m³ ni tashkil qiladi. Profilaktik va yakuniy dezinfeksiyada kutib turish vaqti 3 soat, joriy dezinfeksiyada 1 soat.

3.2 Respirator kasalliklarda – laringotraxeit, yuqumli bronxit, parrandalar aspergillyozi, buzoqlar, cho’chqachalar va qo’zichoqlarning yuqumli rinotraxeit, bronxit va bronxopnevmoniyasi holatida, shuningdek aralash yuqumli kasalliklarda 0,5% preparat eritmasi qo’llanadi va sarf qilish me’yori 5 – 10 ml/m³ ni tashkil qiladi. Hayvonlarga ta’sir etishning umumiy vaqti kuniga 60 daqiqa. Ishlov berish kunora, 3 – 5 marta o’tkaziladi.

3.3 Yara yuzalariga ishlov berish. Hayvonlarda teri qoplamini zararsizlantirish va yaralarni davolash (axta qilish, jarrohlikdan keyingi, yangi va yuqumli kasalliklar bilan asoratlangan yaralar), kindigiga, tashqi jinsiy a’zolariga ishlov berish uchun 5% eritma qo’llanadi.

3.4 Yirik qoramol, qo’ylar, echkilarning nekrobakteriozi va tuyoq chirishini davolash. Shikastlangan joy avval mexanik ifloslanishlardan tozalanadi. Suyultirilmagan «Polimer-yod 10%» namlangan doka pilik yordamida tozalangan joyga surtiladi. Ishlov berish 1 sutka oralig’i bilan uch marta o’tkaziladi.

3.5 Nojo’ya ta’siri va asoratlar. Tavsiya etilgan dozalariga va ishlov berish shartlariga rioya qilingan holda, «Polimer-yod 10%» qo’llanganda nojo’ya holatlar va asoratlar aniqlanmagan.

3.6 Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar. Preparatning qo’llanishi mumkin bo’lmagan holatlar hayvonning yodga yuqori shaxsiy sezgirligi hisoblanadi. Bu holda ishlov berishni to’xtatish lozim.    

 

4. PREPARATNING ISH ERITMALARINI TAYYORLASH
4.1 Ishchi eritmalari toza shisha idishda yoki polimer materiallardan tayyorlangan idishda, preparatni distillangan yoki qaynatilgan ichimlik suvida suyultirish orqali, jadvalda keltirilgan hisoblashdan kelib chiqib, tayyorlanadi. Ishchi eritmalari ular qo’llanadigan kunida tayyorlanadi.   «Polimer-yod 10%» ishchi eritmalarini tayyorlash.
Ishchi eritmasining faol yod bo’yicha konsentratsiyasi  Tegishli konsentratsiyadagi ishhci eritmalarini tayyorlash uchun «Polimer-yod 10%» preparati (10% faol yod) va suvning miqdori
0,5 litr 1,0 litr 10 litr 50 litr
Vosita, g Suv, ml Vosita, g Suv, ml Vosita, g Suv, ml Vosita, g Suv, ml
0,2% 10,0 490,0 20,0 980,0 0,2 9,80 1,0 49,0
0,5% 25,0 475,0 50,0 950,0 0,5 9,50 2,5 47,5
1,0% 50,0 450,0 100,0 900,0 1,0 9,00 5,0 45,0
1,5% 75,0 425,0 150,0 850,0 1,5 8,50 7,5 42,5
5,0% 250,0 250,0 500,0 500,0 5,0 5,0 25,5 25,0

 

5. EHTIYOT CHORALARI VA BIRINCHI YORDAM CHORALARI
5.1. Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.

5.2. Ish tugaganidan keyin yuzni, qo’llarini va tananing ochiq joylarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish lozim.

5.3. Ehtiyot choralariga rioya qilinmaganda, nafas olish a’zolariga, ko’zning shilliq pardalariga achishtiruvchi ta’sir ko’rsatishi mumkin.

5.4. Preparat teriga tekkan holda, uni suv bilan yuvish kerak. Preparat ko’zga tasodifan tekkanda, ularni darhol suvning oqimi bilan 10 – 15 daqiqa davomida yuvish, keyin esa osh sodasining 2% eritmasi bilan yuvish lozim. Giperemiya yuzaga kelganda, natriy sulfatsilning 30% eritmasini tomizish kerak. Zarur bo’lganda ko’z shifokoriga murojaat qiling. Preparat oshqozonga tasodifan tushganda, mo’l ichimlik berish lozim (borjomi suvi yoki osh sodasi bilan iliq sut). Zarur bo’lganda shifokorga murojaat qiling.

5.5. Preparatning idishini oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi.  

 

6. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
6.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish