Home \ PANAFENB-22,2%

PANAFENB-22,2%

panafenb.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Panafenb granulyat 22.2%» - gelmintlarga qarshi preparat bo’lib, unnig tarkibida ta’sir etuvchi vosita sifatida fenbendazol (metil-[5-(feniltio)-benzimidazol-2-karbamat) mavjud. Granulyatning har bir grammida 222 mg fenbendazol va inert to’ldiruvchilar: laktoza, yem uchun bo’r, cho’kma bo’r va hokazolar mavjud.

1.2 Preparat tashqi ko’rinishiga ko’ra och kulrang, o’ziga xos kuchsiz hidli, nam yemda parchalanib ketadigan granulalardir.

1.3 Preparat ikkitalik polietilen paketlarga 0,1-5,9 kg dan, yoki plastik bankalarga 0,5-10,0 kg dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.4 Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha) zavod o’ramida, quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +30°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. Belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 3 yil.

 

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Preparatning ta’sir etuvchi moddasi fenbendazol gelmintlarga qarshi keng doiradagi ta’sirga ega, oshqozon-ichak tizimi va o’pka nematodalari, sestodalar, shuningdek trematodalarning yetilgan shakllari, lichinkalari va tuxumlariga nisbatan faol ta’sir etadi. Preparatning ta’sir etish mexanizmi gelmintlarning ichagi hujayralarida mikrokanallar parchalanishi, energetik jarayonlar buzilishidan iborat, bu ularning o’limiga olib keladi.

2.2 «Panafenb granulyat 22.2%» issiq qonli hayvonlar uchun kam zaharli preparatlarga kiradi. Terapevtik dozalarda kumulyativ, embriotoksik, mutagen ta’siriga hamda allergiya keltirib chiqaruvchi xususiyatlariga ega emas.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 Preparat nematodozlarda (oshqozon-ichak strongilyatozlari, askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz, strongiloidoz, toksaskaridoz, toksokaroz, unsinarioz), trematodozlarda (fastsiolyoz, paramfistomatozlar), sestodozlarda (moniyezioz, teniozlar) yirik qoramol, qo’ylar va echkilar, cho’chqalar, otlar, itlar va mushuklarni gelmintsizlashtirish uchun qo’llanadi.

3.2 Preparat og’iz orqali, individual yoki guruhli usulda, yem bilan aralashtirib, avvaldan parhez tayyorgarligisiz, bir marotaba quyidagi dozalarda beriladi:

Hayvonlar turi

Panafenb granulyat 22.2%
(hayvonning 1 kg tana vazniga mg)
Yirik qoramol  
34
Qo’ylar va echkilar
22
Cho’chqalar
22
Otlar
34
Zarur bo’lganda preparat takroriy qo’llanishi mumkin.

3.3 Preparatning har bir partiyasi avval hayvonlarning kichik guruhida (7-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. Asoratlar bo’lmasa, 3 kun ichida preparat barcha hayvonlarga beriladi.

3.4 Tavsiya etiladigan dozalarda preparat nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi va hayvonlarda asoratlarni keltirib chiqarmaydi.

3.5 Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 14 sutka o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Preparatni kiritishdan keyin 4 sutka davomida sog’iladigan hayvonlardan olingan sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. Bunday sut hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatilishi mumkin.  

 

4. SHAXSIY PROFILAKTIKA CHORALARI
4.1 Preparatni qo’llash paytida veterinariya preparatlari bilan ishlaganda ko’zda tutiladigan shaxsiy gigiyena choralariga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.

4.2 Ish tugaganidan keyin qo’llarini va yuzini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim.  

 

5. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
5.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish