Home \ OKSITOTSIN ERITMASI

OKSITOTSIN ERITMASI

okstotsin.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Oksitotsin eritmasi».

1.2 Preparatning ta’sir etuvchi moddasi oksitotsin (gipofiz orqa qismi ishlab chiqaruvchi polipeptid gormonining sintetik analog moddasi). «Oksitotsin eritmasi» veterinariya maqsadida ikkita turida chiqariladi, ularning 1 ml miqdorida 5 YeD yoki 10 YeD oksitotsin mavjud.

1.3 Preparat o’ziga xos hidli rangsiz, ko’rinuvchan mexanik aralashmalari bo’lmagan shaffof suyuqlikdir.

1.4 Preparat shisha flakonlarda 10; 20; 50 va 100 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi. Preparat B ro’yxati bo’yicha quruq, yorug’liqdan pana bo’lgan joyda, +2oC dan +10oC gacha haroratda saqlanadi.  
Preparatning belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 18 oy.

 

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 «Oksitotsin eritmasi» bachadon silliq mushaklarining tonusini oshiradi va qisqarishini kuchaytiradi, sut bezining atrof alveolalarining mioepitelial hujayralar qisqarishiga olib keladi, sut emizayotgan hayvonlarda sut bez larini va sut ajralishini rag’batlantiradi.

2.2 Kuchsiz vazopressinsimon, antidiuretik xususiyatiga ega.  

 

3. QO’LLASH USULI
3.1 «Oksitotsin eritmasi» qishloq xo’jalik va uy hayvonlarining urg’ochilariga, tug’ruq paytida kuchsiz kuchanishda, yo’ldosh ushlanib qolganda, bachadondan qon ketishda, bachadon atoniyasi, gipotoniyasi va yallig’lanishida, mastitlarda, shuningdek reflektor agalaktiya holatida qo’llanadi.

3.2 Preparat teri ostiga, mushak ichiga, tomir ichiga (sekin), zarur bo’lganda – novokain bilan birgalikda epidural usulida, quyidagi dozalarda qo’llanadi:

Hayvonlarning turlari Kiritish usullari va dozalari (YeD)
Teri ostiga yoki
mushak ichiga
Tomir ichiga Epidural
Otlar va sigirlar  30-60 20-40 15-30
200 kg gacha vazndagi
cho’chqa urg’ochilari
30 20 10-15
Echkilar va qo’ylar 10-15 8-10 -
Itlar 5-10 2-7 -
Mushuklar 3 2 2

3.3 Nojo’ya ta’siri. Qusish, taxikardiya, arterial qon bosimi pasayishi, yo’ldoshning muddatidan ilgari ko’chishi. Dozasidan oshib ketganda, muvofiqlashmagan yoki o’ta kuchli tug’ruq faoliyati bo’lishi mumkin.

3.4 Preparat homilador hayvonlarga, tug’ruqqa ko’maklashishda, homila va tos o’lchamlari mos kelmaganda, homila majruhligida, shuningdek uning noto’g’ri holatida va joylashuvida qo’llanishi mumkin emas.

3.5 Preparatni qo’llash paytida va undan keyin olingan chorvachilik mahsulotlari cheklashsiz oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatiladi.  

 

4. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
4.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish