Home \ OKSITETRATSIKLIN-200

OKSITETRATSIKLIN-200

oktetra200.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Oksitetratsiklin-200» – inyeksiyaviy dori preparati bo’lib, ta’sir etuvchi modda sifatida antibiotik oksitetratsiklin moddasi mavjud.

1.2 Preparat och jigar rangdan to’q jigar ranggacha bo’lgan, ko’rinuvchan mexanik aralashmalari bo’lmagan shaffof, sal quyishqoq suyuqlikdir. 1 ml preparat ichida 200 mg oksitetratsiklin mavjud. 

1.3 Preparat shisha flakonlarda 10; 20; 50; 100; 200 va 250 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi. Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha), quruq, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan +20°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. Preparatning belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati –2 yil. 

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Oksitetratsiklin bakteriostatik ta’sir etuvchi antibiotikdir. Preparatda oksitetratsiklin magniy bilan birikma holatida bo’lib, bu uning uzoq muddatli (uzaytirilgan) ta’sirini belgilab beradi. Preparat tarkibiga kiruvchi oksitetratsiklin aminoatsil-tRNK ning ribosomalarning 30S-subbirligi bilan bog’lanishini bloklaydi va bakterial oqsilning sintezini ingibirlaydi. Ta’sir qilish doirasi gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarning ko’pchiligini qamrab oladi, ya’ni: streptokokklar, stafilokokklar, korinebakteriyalar, klostridiyalar, erizipelotrikslar, pasterellalar, fuzobakteriyalar, salmonellalar, psevdomonadalar, gemofiluslar, antinobakteriyalar, shigellalar, esherixiyalar, xlamidiyalar, rikketsiyalar, spiroxetalar va mikoplazmalar.

2.2 Mushak ichiga kiritilganda antibiotik inyeksiya joyidan tez so’riladi va kiritishdan keyin taxminan 30-50 daqiqadan so’ng to’qimalarda maksimal konsentratsiyalarga erishadi. U hayvonning barcha a’zolariga va to’qimalariga kirib o’zlashadi, yo’ldosh to’sig’idan o’tadi. Organizmdan asosan siydik va o’t bilan, sut emizayotgan hayvonlarda esa sut bilan ham chiqariladi.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 «Oksitetratsiklin-200» quyidagi kasalliklarda qo’llanadi:
- yirik qoramol (katta hayvonlar va yosh hayvonlar): pnevmoniya, mastit, pasterellyoz, plevrit, buzoqlar bo’g’masi, tuyoq chirishi, keratokonyunktivit, yarali yuqumli kasalliklar, anaplazmoz, virusli kasalliklarda ikkilamchi yuqumli kasalliklar;
- qo’ylar va echkilar: enzootik homila tushib qolishi, tuyoq chirishi, metrit, mastit, peritonit, yarali yuqumli kasalliklar, echkilar pnevmoniyasi;
- cho’chqalar: pnevmoniya, pasterellyoz, plevrit, mastit, atrofik rinit, yolin yallig’lanishlari, metrit-mastit agalaktiya sindromi, yiringli artrit, kindik sepsisi, abstsess, yarali va tug’ruqdan keyingi yuqumli kasalliklar, virusli kasalliklarda ikkilamchi yuqumli kasalliklar;

3.2 Preparat bir marotaba, mushak ichiga, hayvonlarning 10 kg tana vazniga 1 ml dozasida kiritiladi. 1 ta inyeksiya joyiga kiritiladigan preparatning maksimal hajmi yrik qoramol uchun 20 ml, cho’chqalar uchun 5-10 ml, qo’ylar va echkilar uchun 5 ml dan oshmasligi lozimligini inobatga olgan holda, preparatning talab etiladigan dozasini tananing bir nechta joylariga kiritish lozim.

3.3 Nojo’ya ta’siri. Preparat kiritilishidan keyin eritema va qichishish shaklidagi mahalliy allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin, ular, odatda, davolashsiz tuzalib ketadi. Kuchli allergik reaksiya rivojlanganda kalsiy preparatlarini (xlorli kalsiy, kalsiy borglyukonat) tomir ichiga kiritish yoki antigistamin vositalarini (dimedrol) qo’llash lozim.

3.4 Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar. Preparatnig tarkibiy qismlariga individual o’ta sezgirlik. Kortikosteroidlar va estrogenlar bilan bir vaqtda qo’llash tavsiya etilmaydi. Antibakterial ta’siri sezilarli pasayishi tufayli, oksitetratsiklin penitsillin va sefalosporin qatorining antibiotiklari bilan bir vaqtda qo’llanmaydi. Preparat otlarga, itlarga, mushuklarga, shuningdek buyrak yetishmovchiligi bo’lgan boshqa hayvonlar turlariga, homilador hayvonlarga, yangi tug’ilgan hayvonlarga qo’llanishi mumkin emas.

3.5 Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 21 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti bevosita hayvonlarga yedirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Preparat qo’llanilgan hayvonlardan olingan sutni ovqat maqsadlari uchun preparatni qo’llash to’xtatilganidan keyin 7 sutka davomida ishlatish kerak emas, lekin qaynatilanidan keyin u hayvonlarni oziqlantirish uchun ishlatilishi mumkin.  

 

4.  EHTIYOT CHORALARI
4.1 Preparatni qo’llash paytida shaxsiy gigiyena choralariga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.  

 

5. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
5.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish