Home \ MONEZOL

MONEZOL

1l_monezol

UMUMIY MA’LUMOT: «Monezol» og’iz orqali ichish uchun suspenziya.Ta’sir etuvchi modda sifatida 1 ml “Monezol” suspenziyasi tarkibida 2,0 mg ivermektin va 40,0mg prazikvantel mavjud. Bundan tashqari, preparatning tarkibiga yordamchi moddalar (quyulturuvchilar, konservantlar) kiradi.Tashqi ko’rinishiga ko’ra oq rangli kul yoki sariq ranglarning qo’shilishidan hosil bo’gan ranglarda. Saqlash davomida suspenziya ajraladi, chayqatganda bir xil bo’lib ketadi. Preparat polimer idishlarda 100, 200, 250, va 1000 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi. Preparatni ehtiyotlik bilan (B ro’yaxati bo’yicha) zavod o’ramida quruq qorong’i joyda, +5°C dan +25°C gacha haroratda saqlash lozim. Preparatning yarqlilik muddati 2 yil.

 

FARMOKOLOGIK XUSUSIYATI: Monezol keng doiradagi ta’sir ko’rsatuvchi antigelmintik vosita bo’lib, yetilgan va yetilmagan nematidalar va tsestodalar, shuningdek yetlgan trematodalarga nisbatan faol ta’sir ko’rsatadi. Preparat keng doirada ta’sir ko’rsatadi,  gelmintlarning yetilgan va g’umbak shakillarining o’limiga olib keladi.

  -  Preparatning tarkibiga kiruvchi ivermektinning ta’sir qilish mehanizimi gelmintlarning uglivod almashinuvini buzishdan iborat, bu esa ularning o’limiga va hayvon organizmidan chiqishiga olib keladi. Preparat og’iz orqali ichilganda ivermektin oshqozon ichak tizimida tez so’riladi va a’zolarga va to’qimalarga kirib o’zlashadi, organizmdan asosan siydik va najas bilan chiqariladi. Ovotsid  ta’siriga ega bo’lgan preparat yaylovlarda gelmintlar yuqishini kamaytiradi.

  -  Monezol suspenziyasi organizmga ta’sir etishiga ko’ra o’ta xavfli moddalarga kiradi (3 sinf xavfli GOST 12.1.007-76 bo’yich),. Tvsiya etilgan dozalarda hayvonlarga salbiy ta’sir etmaydi.

 

PREPARATNI QO'LLASH TARTIBIPreparat quyidagi kasalliklarda: Yirik qoramol, qo’ylar echkilar, cho’chqalar, otlarning gelmintsizlantirish uchun qo’llaniladi:

 – oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz, bunostomoz, ezofagostomoz, nematodiroz, ostertagioz, xabertioz, kooperioz, strongiloidoz, trixostrongilyoz, giostrongilyoz, paraskaridoz, askaridoz);
- tsestodozlar (moniyezioz, avitellinoz, tizaniyezioz);
- o’pka  nematodozlari (diktiokaulyoz, protostrongilyoz, myullerioz, neostrongilyoz, tsistokaulyoz, metastrongilyoz);
- trematodozlar (fastsiolyoz dikrotselyoz paramfistomatoz).
 
QO’LLANILISHI VA DOZALARI: Preparat og’iz orqali ichish uchun, individual yoki guruxli usulda, bir marotaba yem bilan aralashtirib beriladi. Qo’llashdan avval suspenziyani yaxshilab chayqatish lozim.
Yirik qoramol, qo’ylar echkilar, cho’chqalar, otlarga               10 kg tana vazniga 1ml
Qo’ylarning estroz kasalligida                                                   10 kg tana vazniga 1ml
Cho’chqalarga nematodozlarida                                               10 kg tana vazniga 0,7 ml  
Go’sht uchun boqiladigan jo’jalarga, g’ozlarga, o’rdaklarning ganematozlarida (ganguleterakidoz, askaridoz, geterakidoz) va tsestodozlar (drepanidotenioz, gimenoleptodozlar, rayetinozlar) da ertalab yemga qo’shib, ketma-ket 2 kun davomida 0,2 ml/kg parranda vazniga qo’llanadi.
 
NOJO’YA TA’SIRI: Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda nojo’ya holatlar kuzatilmaydi. Preparatni qo’llashdan keyin, hayvonlarni 28 kun o’tkandan so’ng go’sht uchun so’yishga va sutni 3-4 kun o’tkandan so’ng istemol qilishga ruxsat etiladi.
 
QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR: Preparatni qo’llash o’tkir fastsiolyoz holatida, hayvonlarni qochirish davrida, yuqumli kasalliklari bo’lgan va holsizlangan hayvonlar, shuningdek qo’ylar, echkilar, va cho’chqalar uchun homiladorligining birinchi yarmisida, sigirlar va otlar uchun homiladorligining birinchi uchdan bir qismida ruxsat etilmaydi.
 
ALOHIDA KO’RSATMALAR: Yoppasiga gelmintsizlantirishdan avval preparatning har bir partiyasi hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. 3 sutka ichida asoratlar bo’lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi.
 
EHTIYOT CHORALARI: Monezol bilan ishlaganda shaxsiy gigiyena choralarni, texnika xavfsizlik qoidalariga rioya etish kerak. Doridan bo’shagan idishni maishiy idish maqsadida ishlatish man etiladi. Yaroqlilik muddati o’tgan preparatni qo’llash mumkin emas.
 
E’TROZLARNI BILDIRISH TARTIBI: Preparatni qo’llashdan keyin asoratlar aniqlansa ushbu seryali preparatdan foydalanish to’xtatiladi va bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga (700178, Toshkent shaxri, A.Yunusov ko’chasi, 1a uy) va preparatning ishlab chiqaruvchisiga xabar beriladi. Bir vaqtning o’zida O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga hayvonlarga asoratlarni keltirib chiqargan preparat seriyasi (partiyasi) namunalari va asorantlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.