Home \ METSTRAMIZOL-20%

METSTRAMIZOL-20%

metramizol.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Metstramizol 20%» granulyat - gelmintlarga qarshi preparat bo’lib, unnig tarkibida 20% ta’sir etuvchi vosita tetramizol gidroxlorid va to’ldiruvchilar (laktoza, yem uchun bo’r, cho’kma bo’r yoki boshqa inert moddalar) mavjud.

1.2 Preparat oq yoki och kulrang granulalardan iborat.

1.3 Preparat foydalanish uchun tayyor holda ikkitalik polietilen paketlarga 0,1-5,0 kg dan, va polimer idishlarga 0,5-10,0 kg dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.4 Preparat zavod o’ramida, quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +4°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. Belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 3 yil.

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Preparatning ta’sir etuvchi moddasi - tetramizol gidroxlorid (DL 2,3,5,6,-tetragidro-6-fenil-imidazo-(2,1-b) tiazol-gidroxlorid) nematoda-larda fumarat- va suksinatdegidrogenezni yo’q qiladi va parazitlarning yetilgan shakllari va lichinkalari o’limiga olib keladi.

2.2 Tetramizol gidroxlorid kam zaharli birikmalarga kiradi, hayvonlarning oshqozon-ichak tizimidan yaxshi so’riladi, embriotoksik, sensibilizirlovchi, teratogen va kumulyativ xususiyatiga ega emas, teri va shilliq pardalarni achishtirmaydi.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 «Metstramizol 20%» granulyat yirik qoramol, qo’ylar va echkilar, cho’chqalar, otlar, mo’ynali hayvonlar va itlarga oshqozon-ichak tizimi va o’pka nematodozlarida (oshqozon-ichak tizimining strongilyatozlari, askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz, strongiloidozlar, oksiuroz, paraskaridoz, toksaskaridoz, unsinarioz va hokazo) qo’llanadi.

3.2 Preparat guruhli usulda, yem bilan aralashtirib, ikki marotaba (ikki kun ketma-ket, kuniga bir marta) quyidagi dozalarda beriladi (hayvonning 1 kg tana vazniga mg)

Hayvonlar turi va  gelmintozning nomi
Qo’llash martalari 
Dozalari
Metstramizol 20% granulyat
Tetramizol gidroxlorid (ADV)
Yirik qoramol:
- oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz
Ikki marotaba
50
10
Qo’ylar va echkilar:
- oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz (diktiokaulyoz, gemonxoz, bunostomoz, ostertagioz, xabertioz, kooperioz, strongiloidoz)
Ikki marotaba
37,5
7,5
Cho’chqalar:
-askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz
Ikki marotaba
75
15
Otlar:
-paraskaridoz; -oksiuroz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz
Ikki marotaba
Ikki marotaba
50
75
10
15
Itlar:
-toksaskaridoz, toksokaroz, unsinarioz
Ikki marotaba
100
20
Mo’ynali hayvonlar:
-toksaskaridoz, toksokaroz, unsinarioz
Bir marotaba
100
20

3.3 Preparat tavsiya etiladigan dozalarda qo’llanganda nojo’ya ta’sir ko’rsatishi aniqlanmagan.

3.4 Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 7 kun o’tganidan so’ng, olingan sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish 2 sutka o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shtini va olingan sutni yem maqsadlari uchun ishlatilishi mumkin.    

 

4. SHAXSIY PROFILAKTIKA CHORALARI
4.1 Preparatni qo’llash paytida veterinariya preparatlari bilan ishlaganda ko’zda tutiladigan shaxsiy gigiyena choralariga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.

4.2 Ish tugaganidan keyin qo’llarini va yuzini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim.  

 

5. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
5.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish