Home \ METSALBEN-360

METSALBEN-360

metsalben__50tab.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Metsalben-360» tabletkalari.

1.2 Ta’sir etuvchi vosita sifatida preparat tarkibida albendazol (tabletkada 0,36 g), shuningdek, yordamchi moddalar mavjud.

1.3 Preparat tashqi ko’rinishiga ko’ra rangi kulrang yoki sut tusli kulrang, to’g’ri dumaloq shakldagi tabletkalardan iborat.

1.4 «Metsalben-360» tabletkalari polimer idishiga 25 –500 donadan yoki individual konturli o’ramga (blisterlarga) 10-20 donadan dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

 

1.5 Preparatni zavod o’ramida, quruq, qorong’i joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +25°C dan oshmagan haroratda saqlash lozim. Preparatning yaroqlilik muddati 3 yil.

 

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Albendazol keng doiradagi ta’sir ko’rsatuvchi antigelmintik vosita bo’lib, yetilgan va yetilmagan nematodalar va sestodalar, shuningdek yetilgan trematodalarga nisbatan faol ta’sir ko’rsatadi. Preparat keng doirada ta’sir ko’rsatadi, gelmintlarning yetilgan va lichinka shakllarinig o’limiga olib keladi. 

2.2 Preparatning tarkibiga kiruvchi albendazolning ta’sir qilish mexanizmi gelmintlarning uglevod almashinuvini buzishdan iborat, bu esa ularning o’limiga va hayvon organizmidan chiqarilishiga olib keladi. Preparat og’iz orqali ichilganda albendazol oshqozon-ichak tizimida tez so’riladi, a’zolarga va to’qimalarga kirib o’zlashadi. Organizmdan asosan siydik va najas bilan chiqariladi. Ovotsid ta’siriga ega bo’lgan preparat yaylovlarning gelmintlar yuqishini kamaytiradi.

2.3 Preparat organizmga ta’sir etish darajasiga ko’ra o’rtacha xavfli moddalarga kiradi. Tavsiya etilgan dozalarda hayvonlarga salbiy ta’sir etmaydi.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 «Metsalben-360» tabletkalari quyidagi kasalliklarda yirik qoramol, qo’ylar, echkilar, cho’chqalar, otlarni gelmintsizlashtirish uchun qo’llanadi:
- oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz, bunostomoz, ezofagostomoz, nematodiroz, ostertagioz, xabertioz, kooperioz, strongiloidoz, trixostrongilyoz, giostrongilyoz, paraskaridoz, askaridoz);
- o’pka nematodozlari (diktiokaulyoz, protostrongilyoz, myullerioz, neostrongilyoz, sistokaulyoz, metastrongilyoz);
- sestodozlar (moniyezioz, avitellinoz, tizaniyezioz);
- trematodozlar (fastsiolyoz, dikrotselioz, paramfistomatoz).

3.2 Tabletkalar hayvonlarga majburan til ildiziga, bir marotaba, quyidagi dozalarda beriladi:

- yirik qoramolga – hayvonning 50 kg tana vazniga 1 tabletka, fastsiolyoz, dikrotselioz, paramfistomatoz va ostertagiozda - hayvonning 35 kg tana vazniga 1 tabletka;
- qo’ylarga va echkilarga – hayvonning 70 kg tana vazniga 1 tabletka; fastsiolyoz, dikrotselioz va protostrongiloidozda - hayvonning 45 kg tana vazniga 1 tabletka;
- cho’chqalarga - hayvonning 35 kg tana vazniga 1 tabletka;
- otlarga - hayvonning 50 kg tana vazniga 1 tabletka;
Gelmintsizlashtirishdan avval maxsus parhez va surgi dorilarni qo’llash talab etilmaydi.

3.3 Yoppasiga gelmintsizlashtirishdan avval preparatning har bir partiyasi avval hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. 3 sutka ichida asoratlar bo’lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi.

3.4 Nojo’ya holatlar. «Metsalben-360» tabletkalari tavsiya etiladigan dozalarda qo’llanganda nojo’ya holatlar kuzatilmaydi.

3.5 Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar. Preparatni qo’llash o’tkir fastsiolyoz holatida, hayvonlarni qochirish davrida, yuqumli kasalliklari bo’lgan va holsizlangan hayvonlar, shuningdek qo’ylar, echkilar va cho’chqalar uchun homiladorligining birinchi yarmisida, sigirlar va otlar uchun homiladorligining birinchi uchdan bir qismida ruxsat etilmaydi.

3.6 Yirik qoramol va qo’ylarni so’yib go’shtni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish mos holda preparatni qo’llashdan keyin 14 va 10 kun, sutni oziq-ovqat maqsadida ishlatish mos holda 3 va 4 kundan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.  

 

4. EHTIYOT CHORALARI
4.1 Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak.

4.2 Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.

4.3 Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish lozim.

4.4 Preparatning idishini boshqa maqsadlar uchun ishlatish taqiqlanadi.  

 

5. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
5.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish