Home \ METSALBEN-2,5%; 10%

METSALBEN-2,5%; 10%

metsalben10__1l.jpg
1.UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Metsalben 2,5%» va «Metsalben 10%» og’iz orqali ichish uchun suspenziyalari.

1.2 Ta’sir etuvchi vosita sifatida 1 ml «Metsalben 2,5%» suspenziyasi tarkibida 25 mg, 1 ml «Metsalben 10%» suspenziyasi tarkibida esa 100 mg albendazol mavjud. Bundan tashqari, ikkala preparatning tarkibiga yordamchi moddalar (quyultiruvchilar, konservantlar) kiradi.

1.3 Preparat tashqi ko’rinishiga ko’ra rangi oq rangdan och kulranggacha bo’lgan bir jinsli, saqlash davomida qat-qat ajraluvchan suyuqlikdan iborat.

1.4 Preparat polimer idishlarga 100, 200, 250, 500 va 1000 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.5 Preparatni ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha) zavod o’ramida, quruq, qorong’i joyda, +25°C dan oshmagan haroratda saqlash lozim. Yaroqlilik muddati - 3 yil.

 

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Albendazol keng doiradagi ta’sir ko’rsatuvchi antigelmintik vosita bo’lib, yetilgan va yetilmagan nematodalar va sestodalar, shuningdek yetilgan trematodalar va ularning tuxumlariga nisbtatan faol ta’sir ko’rsatadi.

2.2 Preparat tarkibiga kiruvchi albendazolning ta’sir etish mexanizmi gelmintlarning uglevod almashinuvini buzishdan iborat, bu ularning o’limiga va hayvonning organizmidan chiqarilishiga olib keladi. Ovotsid ta’siriga ega bo’lgan preparat yaylovlarning gelmintlar yuqishini kamaytiradi.

2.3 «Metsalben 2,5%» va «Metsalben 10%» suspenziyalari organizmga ta’sir etish darajasiga ko’ra mo’tadil darajada xavfli moddalarga kiradi. Tavsiya etilgan dozalarda hayvonlarga salbiy ta’sir etmaydi. 

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 Preparat quyidagi kasalliklarda yirik qoramol, qo’ylar, echkilar, cho’chqalar, otlarni gelmintsizlashtirish uchun qo’llanadi:
- oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz, bunostomoz, ezofagostomoz, nematodiroz, ostertagioz, xabertioz, kooperioz, strongiloidoz, trixostrongilyoz, giostrongilyoz, paraskaridoz, askaridoz);
- o’pka nematodozlari (diktiokaulyoz, protostrongilyoz, myullerioz, neostrongilyoz, sistokaulyoz, metastrongilyoz);
- sestodozlar (moniyezioz, avitellinoz, tizaniyezioz);
- trematodozlar (fastsiolyoz, dikrotselioz, paramfistomatoz).

3.2 Preparat og’iz orqali ichish uchun, bir marotaba, individual tarzda, doza beruvchi to’pponcha yoki boshqa doza berish moslamalari yordamida, yoki yem bilan aralashtirib beriladi.

Yirik qoramolga: nematodozlarda va dikrotseliozda «Metsalben 2,5%» suspenziyasi hayvonning 10 kg tana vazniga 3 ml dozasida, «Metsalben 10%» suspenziyasi - hayvonning 40 kg tana vazniga 3 ml dozasida qo’llanadi; fastsiolyozda «Metsalben 2,5%» suspenziyasi hayvonning 10 kg tana vazniga 4 ml dozasida, «Metsalben 10%» suspenziyasi - hayvonning 40 kg tana vazniga 4 ml dozasida qo’llanadi.
Mayda shoxli molga: nematodozlarda, dikrotseliozda, moniyeziozda «Metsalben 2,5%» suspenziyasi hayvonning 10 kg tana vazniga 2 ml dozasida, «Metsalben 10%» suspenziyasi - hayvonning 40 kg tana vazniga 2 ml dozasida qo’llanadi; fastsiolyozda, mos holda, hayvonning 10 kg tana vazniga 3 ml dozasida, va 40 kg tana vazniga 3 ml dozasida qo’llanadi.
Otlarga: paraskaridoz, strongilyatoz, alfortioz, delafondioz, anoplotsefalyoz va siatostomozlarda «Metsalben 10%» suspenziyasi hayvonning 100 kg tana vazniga 7,5 ml dozasida qo’llanadi.
Cho’chqalarga: «Metsalben 2,5%» suspenziyasi hayvonning 10 kg tana vazniga 2-4 ml dozasida, «Metsalben 10%» suspenziyasi - hayvonning 40 kg tana vazniga 2-4 ml dozasida qo’llanadi. Qo’llashdan avval suspenziyani yaxshilab chayqatish lozim.

3.3 Yoppasiga gelmintsizlashtirishdan avval preparatning har bir partiyasi hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) avvaldan sinaladi. 3 sutka davomida asoratlar bo’lmaganda, barcha mollarga dori berish boshlanadi.

3.4 Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo’llangan holda, nojo’ya ta’sir etishi qayd etilmagan.

3.5 Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar. Preparatni qo’llash o’tkir fastsiolyoz holatida, hayvonlarni qochirish davrida, yuqumli kasalliklari bo’lgan va holsizlangan hayvonlar, shuningdek qo’ylar, echkilar va cho’chqalar uchun homiladorligining birinchi yarmisida, sigirlar va otlar uchun homiladorligining birinchi uchdan bir qismida ruxsat etilmaydi.

3.6 Yirik qoramol, otlar va cho’chqalarni go’sht olish uchun so’yish preparatni qo’llashdan keyin kamida 14 kun, qo’ylar va echkilarni – 10 kun o’tganidan so’ng, sigirlarning sutini oziq-ovqat maqsadida ishlatish – 3 sutkadan keyin, qo’ylar va echkilar sutini – 4 sutkadan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti va olingan sutini yem berish uchun ishlatilishi mumkin.  

 

4. EHTIYOT CHORALARI
4.1 Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak.

4.2 Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.

4.3 Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish lozim.

4.4 Preparatning idishini boshqa maqsadlar uchun ishlatish taqiqlanadi.  

 

5. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
5.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish