Home \ METSALBEN-10%; 20%

METSALBEN-10%; 20%

metsalben20__500g.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Metsalben 10% va 20%» - foydalanish uchun tayyor, granullashtirilgan gelmintlarga qarshi preparat bo’lib, tarkibida 10% yoki 20% ta’sir etuvchi modda albendazol va to’ldiruvchi moddalar (laktoza, yem uchun bo’r, cho’kma bo’r, kraxmal va boshqa inert moddalar) mavjud.

1.2 Preparat tashqi ko’rinishiga ko’ra och kulrang, o’ziga xos kuchsiz hidli, nam yemda yaxshi parchalanib ketadigan granulalardir.

1.3 Preparat ikki qavatli, germetik yopilgan polietilen paketlarda vazni 0,1 dan 0,5 kg gacha, va polimer bankalarda 0,5 dan 10,0 kg gacha qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.4 Preparatni zavod o’ramida, quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +30°C gacha bo’lgan haroratda saqlash lozim. Belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda preparatning yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 3 yil.

 

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI.
2.1 Albendazol keng ta’sir doirasiga ega, trematodalarning tuxumlari va yetilgan shakllari, nematodalari va sestodalarining yetilgan va yetilmagan shakllarining o’limini keltirib chiqaradi. U energetik almashinuvni buzadi, fumaratreduktaza faolligini kamaytiradi, bu gelmintlarning adenozintrofosforli kislota sintezining buzilishiga olib keladi.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 Metsalben yirik qoramol va mayda shoxli molga, cho’chqalarga va itlarga bir marotaba, og’iz orqali yem bilan aralashtirib, avvaldan och qoldirib parhez qilmasdan quyidagi dozalarda beriladi (hayvonlarning 1 kg tana vazniga mg): 
Hayvonlar turi va gelmintlarning nomi 10% Granulyat 20% Granulyat ADV
Yirik qoramol: - diktiokaulyoz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz;
- fastsiolyoz, paramfistomatidoz, moniyozioz, trixotsefalyoz
 75 100  37,5 50  7,5 10
Qo’ylar va echkilar: - diktiokaulyoz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz;
- fastsiolyoz, moniyezioz
 50 75  25 37,5  5,0 7,5
Cho’chqalar: - askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz, strongiloidoz 75 37,5 7,5
Itlar: - toksaskaridoz, toksokaroz, untsinarioz, teniozlar
200
100
20
Zarur bo’lganda preparat takroriy qo’llanishi mumkin. 3.2 Tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda, nojo’ya holatlar kuzatilmaydi.

3.3 Yirik qoramol va cho’chqalarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 14 kun, qo’ylar va echkilarni 10 kun o’tganidan so’ng, sigirlardan olingan sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish 3 sutka, qo’ylar va echkilardan sutni 4 sutka o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shtini va olingan sutni yem maqsadlari uchun ishlatilishi mumkin.         

 

4. SHAXSIY PROFILAKTIKA CHORALARI
4.1 Preparatni qo’llash paytida veterinariya preparatlari bilan ishlaganda ko’zda tutiladigan shaxsiy gigiyena choralariga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.

4.2 Ish tugaganidan keyin qo’llarini va yuzini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim.  

 

5. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
5.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish