Home \ MASTISAN-А

MASTISAN-А

mastisan__a.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1  «Mastisan-A» - majmuaviy preparat bo’lib, uning tarkibida o’simlik moyida suspenziyalangan benzilpenitsillining natriyli tuzi, streptomitsin sulfat va sulfadimidin mavjud. Preparatning bir dozasi (5 ml) – tarkibida 100 000 HB dan benzilpenitsillin va streptomitsin, va 0,35 g sulfadimidin mavjud.

1.2 Preparat tashqi ko’rinishiga ko’ra rangi oq rangdan sut rangigacha bo’lgan bir jinsli gomogen, moyli, saqlash davomida qat-qat ajraluvchan suspenziyadan iborat.

1.3 Shisha flakonlarda yoki tyubiklarda, 10, 20, 50, 100, 200 va 250 ml dan ishlab chiqariladi.

1.4 Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha) quruq, yorug’likdan pana joyda, 0°C dan +20°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. Belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda saqlash muddati – 18 oy.

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 «Mastisan-A» uning tarkibiga kiruvchi sinergik ta’sir etuvchi mikroblarga qarshi vositalar bilan belgilab berilgan keng doiradagi antibakterial ta’siriga ega. U gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga (stafilokokklar, streptokokklar, proteylar, ichak tayoqchasi, salmonellalar, mikoplazmalar va boshqalar) nisbatan faol ta’sir ko’rsatadi.

2.2 Kuchli ifodalangan yallig’lanishga qarshi va yarani tuzatuvchi ta’sirga ega. Tavsiya etilgan dozalarda sezgirlikni oshiruvchi va mahalliy achishtiruvchi, embriotoksik, teratogen va mutagen ta’sir ko’rsatmaydi. Organizmdan sut bilan birgalikda chiqariladi.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 «Mastisan-A» yelin yallig’lanishlarining har xil shakllarini, yelin terisi va emchaklarning travmatik jarohatlarini davolash uchun qo’llanadi.

3.2 Preparatni kiritishdan avval kasallangan yelin choragidan sut sog’ib tashlanadi, emchak esa dezinfeksiyalanadi. Tyubik yoki flakonning ichidagi dori 36°С - 39°С gacha isitiladi, bir jinsli muallaq eritma olinguncha yaxshilab chayqatiladi va kasallangan yelin choragiga emchak yo’li orqali preparatli tyubik ustiga burab o’rnatiladigan yoki shprits kanyulyasiga kiydiriladigan elastik plastmassa kateter yordamida kiritiladi. Preparat kiritilganidan keyin kasallangan yelin choragining emchagini pastdan tepaga ozgina uqalanadi. 

3.3 Preparat kasallikning og’irligiga qarab, 5 dan 20 ml gacha (1-4 ta doza) miqdorda kiritiladi. Zarur bo’lganda preparatni kiritish har 24 soatdan keyin, yallig’lanishning belgilari to’liq yo’qolmaguncha qaytariladi.

3.4 Yelin terisi va emchaklarning shilliq pardalari travmatik jarohatlarini davolash preparatni jarohatlangan joyga surtish orqali amalga oshiriladi.

3.5 Nojo’ya ta’siri. Kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar kuzatiladi.

3.6 Preparatgni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar – preparatning tarkibiy moddalariga individual yuqori sezgirlik hisoblanadi.

3.7 Davolash paytida kasallangan yelin choraklaridan sut alohida idishga sog’ib olinadi, zararsizlantiriladi va yo’q qilinadi. Qolgan yelin choraklaridan sut qaynatilganidan keyin hayvonlarga beriladi. «Mastisan-A» bilan davolangan yelin choraklaridan olingan sut, preparatning oxirgi kiritilishidan keyin 3 sutka o’tganda, mastitning klinik alomatlari to’liq yo’qolganligi sharti bilan (rangli reaksiya sinamasi va tindirish sinamasi bo’yicha sutning normal xususiyatlariga erishganda) kishilar uchun oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Davolash davrida so’yilgan hayvonlarning go’shti, brakka chiqariladigan yelinidan tashqari, cheklovlarsiz oziq-ovqat maqsadida ishlatiladi.  

 

4. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
4.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30-47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish