Home \ MARRAQULOQ DAMLAMASI (CHEMERITSA)

MARRAQULOQ DAMLAMASI (CHEMERITSA)

chemeritsa.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Maralquloq» damlamasi (Tinctura veratri) – maralquloq ilddizlarining ta’sir etuvchi moddasi etil spirti bilan eritib olingan. Asosiy ta’sir etuvchi moddasi alkaloid protoveratrin hisoblanadi.

1.2 Preparat qizg’ish-to’q sarg’ish rangli, o’ziga xos hidli bir jinsli shaffof suyuqlikdan iborat.

1.3 «Maralquloq» damlamasi sarg’ish shisha yoki plastik flakonlarga 100, 200, 250, 500 va 1000 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi. Belgilangan tartibda kelishilgan va preparatning saqlanishi va sifatini ta’minlaydigan boshqa qadoqlanish usullariga ruxsat etiladi. 

1.4 Preparatni ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha) quruq, to’g’ri quyosh nurlari ta’siridan pana joyda, bolala yeta olmagan joyda, +30°C dan oshmagan haroratda saqlash lozim. Preparatning ko’rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 3 yil.

 

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 «Maralquloq» damlamasi kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozoni motorikasi va sekretsiyasini reflektor tarzda kuchaytiradi.

2.2 «Maralquloq» damlamasi og’iz orqali ichilganda shilliq pardalarni achishtiradi va kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozoni motorikasi va sekretsiyasini reflektor tarzda kuchaytiradi, itlar va cho’chqalarda esa qusishni qo’zg’atadi.

2.3 «Maralquloq» damlamasi kavsh qaytaruvchi hayvonlarga tomir ichiga kiritilganda, 5-10 daqiqadan keyin old oshqozonlarning qisqarish funksiyasi tiklanadi va kuchayadi, kekirish va kavsh qaytarish paydo bo’ladi.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 «Maralquloq» damlamasi kavsh qaytaruvchi hayvonlarga og’iz orqali ichish uchun, old oshqozonlarning surunkali atoniyasida, katta qorin timpaniyasida kavsh qaytarishni tiklash uchun; cho’chqalarga va itlarga – qusish vositasi sifatida quyidagi dozalarda belgilanadi:
- yirik qoramolga                               100 kg tana vazniga 2-2,5 ml;
- qo’ylarga va echkilarga                    10 kg tana vazniga 0,7-0,8 ml;
- cho’chqalarga                                 bitta hayvonga 1-2 ml (bir marta);
- itlarga                                            bitta hayvonga 0,5-2 ml (bir marta).    

Dozaning hajmi hayvonning tana vazniga va kasallikning kechishi og’irligiga bog’liq bo’ladi.

3.2 «Maralquloq» damlamasi tomir ichiga yirik qoramolga qizilo’ngach tiqilib qoganda, old oshqozonlarning atoniyasi va gipotoniyasi, katta qorin mushaklari parezlari, katta qorinning surunkali timpaniyasida kiritiladi. Tomir ichiga dozasi bitta hayvonga bir marta 2-3 ml ni tashkil etadi.

3.3 Alohida ko’rsatmalar. Preparatni tomir ichiga kiritish juda ehtiyotlik bilan bajarilishi lozim, chunki hayvonning kuchli qo’zg’alishi yuzaga kelishi, homila tushib qolishi va hatto o’limga olib kelishi mumkin

3.4 Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar. Preparatga yuqori sezgirlik.

3.5 «Maralquloq» damlamasi ko’rsatilgan qo’llash shartlari va dozalariga rioya qilinganda nojo’ya ta’sir keltirib chiqarmaydi. O’ta ko’p doza berilganda maralquloq bilan kuchli zaharlanish yuzaga keladi. Bu holatlarda teri ostiga atropin sulfatning 1% eritmasi tavsiya etilgan dozalarida kiritiladi.

3.6 «Maralquloq» damlamasi qo’llangan hayvonlardan olingan go’sht va sut cheklashlarsiz ishlatiladi.  

 

4. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
4.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish