Home \ LEVAMIZOL-75

LEVAMIZOL-75

levamizol.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Levamizol-75» va «Levamizol-100» – imidazotiazol guruhidagi gelmintlarga qarshi preparat. 1 ml preparatning ichida, mos holda, 75 mg yoki 100 mg levamizol mavjud.

1.2 Preparat tashqi ko’rinishiga ko’ra shaffof rangsiz yoki och sarg’ish rangli, o’ziga xos kuchsiz hidli suyuqlikdan iborat.

1.3 Preparat 7,5% va 10% lik inyeksiyalar uchun eritma shaklida, tegishli sig’imidagi shisha flakonlarga 5, 10, 20, 50 va 100 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi. O’rab qadoqlash va tamg’alash texnik shartlarning talablariga muvofiq holda bajariladi. Kelishuv asosida belgilangan tartibda preparatning saqlanishini va sifatini ta’minlaydigan boshqacha o’rab qadoqlash usullariga ruxsat etiladi.

1.4 Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha) zavod  o’ramida, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Ushbu saqlash sharoitida yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 2 yil. 

 

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Ta’sir etuvchi vositasi - levamizol (gidroxlorid shaklida) nematodalarning hayotiy muhim fermentlarini (fumarat va suksinatdegidrogenaza) ingibirlaydi. Keng ta’sir etish doirasidagi preparat buning oqibatida parazitlarning yetilgan va lichinka shakllarining o’limini keltirib chiqaradi. 

2.2 Parenteral kiritilganidan keyin levamizol kiritish joyidan tez o’zlashadi, a’zolarda va to’qimalarda davolash konsentratsiyasiga 30 daqiqa ichida yetadi va 6-9 soat davomida saqlanadi. Levamizol organizmdan asosan siydik bilan chiqariladi.

2.3 Gelmintlarga qarshi ta’siridan tashqari, levamizol gidroxlorid hayvonlarning immunitetiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. U qon zar-dobining bakteritsid faolligini, leykotsitlarning fagotsitar faolligini, immunoglobulinlar miqdorini, T-limfotsitlar miqdorini oshiradi.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 Preparatlar qo’llanadi:
- yirik qoramolga - diktiokokaulyoz, gemonxoz, bunostomoz, ezofagostomoz, nematodiroz, ostertagioz, xabertioz, kooperioz, strongiloidoz holatida;
- mayda shoxli molga - diktiokaulyoz, protostrongilyoz, gemonxoz, strongiloidoz, ezofagostomoz, kooperioz, trixostrongilyoz, nematodiroz, trixotsefalyoz, xabertioz holatida;
- cho’chqalarga - askaridoz, ezofagostomoz, strongiloidoz, trixotsefalyoz, xiostrongilyoz, metastrongilyoz holatida;
- itlarga – toksokaroz va ankilostomoz holatida.

3.2 Preparatlar bir marotaba, teri ostiga yoki mushak ichiga, hayvonning 1 kg tana vazniga 75 mg levamizol hisobidan dozasida kiritiladi, bu quyidagilarga mos keladi:

Hayvon turi Preparatlar dozasi Izoh
Levamizol-75 Levamizol-100
Yirik qoramol (teri ostiga yoki mushak ichiga) 10 kg ga 1,0 ml  10 kg ga 0,75 ml  Vazni 300 kg dan ortiq hayvonlarga ko’pi bilan 30,0 ml
Qo’ylar, echkilar (teri ostiga) 10 kg ga 1,0 ml 10 kg ga 0,75 ml Vazni 65 kg dan ortiq hayvonlarga ko’pi bilan 4,5 ml
Cho’chqalar (teri ostiga yoki mushak ichiga) 10 kg ga 1,0 ml 10 kg ga 0,75 ml Vazni 150 kg dan ortiq hayvonlarga ko’pi bilan 20,0 ml
Собаки (внутримышечно или орально) 10 kg ga 1,0 ml 10 kg ga 0,75 ml

3.3 Kiritiladigan eritmaning hajmi 15 ml dan ko’p bo’lsa, uni hayvonning 2-3 joyiga kiritish kerak.

3.4 Yoppasiga gelmintsizlashtirishdan avval har bir preparat partiyasi hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. 3 sutka davomida asoratlar bo’lmaganda, barcha mollarga dori berish boshlanadi.

3.5 Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar. Preparat bilan gelmintsizlashtirilmaydi:
- kuchsizlangan, holsiz, yuqumli kasalliklarga uchragan hayvonlar;
- jigar va buyrak kasalliklariga uchragan hayvonlar;
- urg’ochilar, homiladorlikning oxirgi uchdan bir qismida va tuqqanidan keyin 2 hafta davomida;
- vazni 10 kg dan oshmagan yosh hayvonlar. Bundan tashqari, preparatni fosfororganik preparatlar, pirantel, morantel, fenotiazin, levomitsetin (xloramfenikol) qo’llanishidan avval va keyin 10 kun davomida qo’llash mumkin emas.

3.6 Nojo’ya ta’siri. Hayvonlar preparatning terapevtik dozalarini yaxshi ko’taradi. Levamizolga yuqori individual sezgirlik bo’lganda, ba’zi hayvonlarda qo’zg’aluvchanlik, so’lak oqishining kuchayishi, ich ketishi va tez-tez siyish, ataksiya kuzatiladi. Ushbu belgilar, odatda, o’z-o’zidan, terapevtik dorilar qo’llanmagan holda o’tib ketadi. Levamizol bilan zaharlanishda zaharni kesuvchi vosita atropinni, qo’llanishi bo’yicha yo’riqnomaga muvofiq qo’llash lozim.

3.7 Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish, preparatni qo’llashdan keyin kamida 7 sutka o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Levamizol bilan ishlov berilgan sog’iladigan hayvonlardan olingan sutni gelmintsizlashtirishdan keyin 48 soat davomida oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. Bunday sut hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatilishi mumkin.  

 

4. SHAXSIY PROFILAKTIKA CHORALARI
4.1 Preparatni qo’llash paytida shaxsiy gigiyena choralariga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.  

 

5. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
5.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish