Home \ KOFEIN-BENZOAT NATRIY-20%

KOFEIN-BENZOAT NATRIY-20%

kbn__10ml.jpg
1.UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1  1 ml natriy kofein-benzoatning 10% va 20% eritmasida mos holda 0,1 g va 0,2 g natriy kofein-benzoat mavjud.

1.2 Preparat ko’rinuvchan aralashmalari bo’lmagan, rangsiz yoki och sariq rangli steril shaffof suyuqlikdir.

1.3 Preparat shisha flakonlarda 10,0; 20,0 va 50,0 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.4 Preparat B ro’yxati bo’yicha quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, 0°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning ko’rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 2 yil. 

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Preparat neytral asab tizimini, ayniqsa bosh miya po’stlog’ini, uzunchoq miyani va kamroq darajada – orqa miyani qo’zg’atadi. Uzunchoq miyada u nafas olish va harakatlanish markazlarini qo’zg’atadi, bu nafas olish harakatlarining tezlashuviga va chuqurlashuviga, hamda o’pkani shamollatish yaxshilanuviga olib keladi.

2.2 Natriy kofein-benzoat ta’sirida, tomir harakat markazining qo’zg’alishi va bevosita yurakka ta’sir etishi tufayli, arterial qon bosimi ortadi. Uning ta’siri ostida qorin a’zolari va teri qon tomirlari torayadi hamda yurak, miya va buyrak qon tomirlari  kengayadi, bu ham qon bosimining ortishiga yordam beradi. Natriy kofein-benzoat yurak ishlashini qo’zg’atadi, shu sababli yurak qisqarishlarining mutlaq kuchi ortadi, yurak mushak to’qimasining qo’zg’aluvchanligi yuqorilashadi. Kofein suv va azot almashinuvini oshiradi, atsidozni yo’qotadi, ko’ndalang-yo’l-yo’l mushaklari ishlash qobiliyatini oshiradi. U oshqozon-ichak a’zolarining harakat funksiyasini, asosan, sayyor nervning qo’zg’alishi va moddalar almashinuvi jarayonlarining yaxshilanishi hisobiga kuchaytiradi.

2.3 Natriy kofein-benzoat bilan zaharlanganda yurak tomonidan alomatlar (tomir urishining sekinlashuvi yoki tezlashuvi, aritmiya), reflektor qo’zg’aluvchanliknng ortishi, sanchiq-tonusli tomir tortishish, skelet mushaklarining tonusi ortishi kuzatiladi.  

 

3. PREPARATNI QO’LLASH TARTIBI
3.1 Preparat hayvonlarning markaziy asab tizimi faoliyatining susayishi bilan kechadigan turli kasalliklarida, holsizlikda, mushak holsizligida, asab tizimini susaytiruvchi zaharlar (giyohvand moddalar, uxlatuvchi vositalar) bilan zaharlanganda markaziy asab tizimini qo’zg’atish uchun qo’llanadi. Preparat shok holatida, yurak-qon tomir tizimining kuchsizligida,  qo’zg’aluvchanlik va yurak o’tkazuvchanligi pasayganda; surunkali miokardit, miodistrofiyalar, surunkali miodegeneratsiyalarda; qon tomirlarni kengaytiruvchi vosita sifatida – bosh miya, buyrak, yurak qon tomirlari spazm qisilishida; nafas olish markazini qo’zg’atish va nafas olishni yaxshilash uchun, yangi tug’ilgan hayvonlar asfiksiyasi  holatida; tug’ruq parezlarida; mushaklarning, oshqozon-ichak a’zolarning spastik holatlarida qo’llanadi.

3.2 Preparat teri ostiga, mushak ichiga va tomir ichiga kiritiladi. Kasallikning og’irligi darajasiga va hayvonning tana vazniga qarab, natriy kofein-benzoat eritmasi quyidagi dozalarda qo’llanadi (taxminan):

Hayvonlarning turlari 10% eritma 20% eritma
Otlar   10-20 ml 5-10 ml
Yirik qoramol 10-20 ml 5-10 ml
Mayda shoxli mol 1-4 ml 0,5-2 ml
Cho’chqalar 1-4 ml 0,5-2 ml
Itlar 0,4-1 ml 0,2-0,5 ml

3.3 Nojo’ya ta’siri. Preparatni teri ostiga kiritish kofeinning achishtiruvchi ta’siri tufayli kelib chiqadigan mahalliy shishlarga olib kelishi mumkin. Ovqat hazm qilish bezlarining ajratuvchi faoliyati kuchayishi tufayli ovqat hazm qilish a’zolarining faoliyati buzilish paydo bo’lishi mumkin. Dozasi ortib ketganda betoqatlik, taxikardiya, aritmiya, qusish kuzatiladi. Bitta hayvon turida natriy kofein-benzoat eritmasiga nisbatan shaxsiy sezgirlik yaqqol namoyon bo’ladi. Shuning uchun preparat dozalarini belgilash hayvonning asab faoliyatining shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, o’tkazilishi kerak.

3.4 Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar. Preparat yuqori qo’zg’aluvchanlik, yurakning kompensatsiyalamagan nuqsonlari, miodegeneratsiyalar, periferik qon tomirlar falaji, o’tkir yurak yetishmovchiligi holatlarida qo’llanishi mumkin emas.

3.5 Preparatni qo’llash paytida va undan so’ng olingan chorvachilik mahsulotlari oziq-ovqat maqsadlari uchun cheklashsiz ishlatiladi.  

 

4. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
4.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish