Home \ KLOPROSTIN

KLOPROSTIN

kloprostin.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Kloprostin».
1.2 Preparatnig ta’sir etuvchi moddasi kloprostenol - prostaglandin F2a ga o’xshash sintetik moddadir. Tashqi ko’rinishiga ko’ra preparat shaffof rangsiz eritmadan iborat.

1.3  Preparat 1 ml eritmaning tarkibida 0,25 mg kloprostenol bo’lgan, inyeksiyalar uchun shaffof rangsiz eritma shaklida, flakonlarda 10, 20 va 50 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.4 Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha), quruq, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning ko’rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 18 oy.

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Kloprostenol tuxumdon sariq tanachasiga lyuteolitik (tarqatuvchi) ta’sir ko’rsatadi, progesteronning gipotalamus-gipofiz majmuasiga tormozlovchi ta’sirini yo’qotadi, bu esa tuxumdonlarda follikullar o’sishi, qonda estrogenlar darajasining ortishi, qochirish davri namoyon bo’lishi, va yetilgan follikullarning keyingi ovulyatsiyasiga olib keladi. Preparatni kiritishdan qochirish davrining birinchi belgilarigacha bo’lgan muddat 48-72 soatni tashkil etadi.

2.2 Preparat bachadonning qisqarish funksiyasini kuchaytiradi va faqat tuxumdonlarda faol ishlaydigan sariq tanachalar bo’lganda biologik ta’sir ko’rsatadi.  

 

3. PREPARATNI QO’LLASH TARTIBI 
3.1 «Kloprostin»

- sigir va yosh sigirlarda jinsiy qochirish davrini moslashtirish;
- lyuteinli va follikulyar kistalari, persistent sariq tanachalari, bachadon subinvolyutsiyasi va endometritlari bo’lgan sigirlarni davolash;
- cho’chqalarda tuxumdonlarning funksional buzilishlarini davolash va profilaktika qilish, tug’ruqlarni rag’batlantirish va muddatini moslashtirish;
- qo’ylarda bachadon bo’yinchasi ochilmasligini davolash;
- hayvonlarda homiladorlikni to’xtatish uchun (ko’rsatma bo’lganda) mushak ichiga qo’llanadi.

3.2 Qo’llash usulivadozalari.
Sigir va yosh sigirlarda jinsiy qochirish davrini moslashtirish. Preparat 2 ml dan ikki marta, 10 kun oralig’i bilan kiritiladi. Preparatning birinchi dozasi jinsiy siklning istalgan bosqichida kiritiladi (sigirlarda tug’ruqdan keyin 40-kundan 60-kungacha). Mayl bosqichi bo’lmaganda, birinchi kiritishdan keyin 11-kuni ikkinchi doza kiritilishi lozim, 14-kuni (ikkinchi kiritishdan keyin 72-76 soat o’tganda) frontal sun’iy urug’lantirish (jinsiy qochirish maylining tashqi belgilaridan qat’i nazar) va 15-kuni takroriy urug’lantirish o’tkaziladi.
Tuxumdonlarning lyuteinli kistalari bo’lgan sigirlarni davolash. «Kloprostin» bir marta 4 ml dozasida kiritiladi. Davolash unumdorligini oshirish uchun preparat xuddi shunday dozasida gonadotropin SJK 2,5-3,0 ming xalqaro birlik (M.E.) dozasida teri ostiga inyeksiyasi bilan bir vaqtda kiritiladi.Tuxumdonlarning follikulyar kistalari bo’lganda sigirlarga teri ostiga bir marta xorionik gonadotropin 4-5 ming birlik dozasida yoki mushak ichiga «Surfagon» 5 ml dan uch kun davomida kiritiladi.10-12 kundan keyin jinsiy mayli kelmagan hayvonlarga «Kloprostin» 2 ml dozasida inyeksiyasida kiritiladi.
Persistent sariq tanachalari bo’lgan sigirlarga «Kloprostin» 2 ml dozasida kiritiladi, jinsiy qochirish davrining birinchi belgilari bo’lganda sun’iy urug’lantirish o’tkaziladi. Agar u boshlanmasa, birinchi inyeksiyadan keyin 11-kuni 2 ml preparatni takroriy kiritish, 72-76 soatdan keyin yo’l-yo’riqlarga muvofiq urug’lantirish o’tkaziladi.
Tug’ruqdan keyingi endometritva bachadon subinvolyutsiyasi bilan kasallangan sigirlarni davolash uchun «Kloprostin» ikki marta, 10-11 kun oralig’i bilan2 ml dan kiritiladi, bir vaqtda etiotrop, patogenetik va simptomatik davolash vositalari qo’llanadi.
Cho’chqachalar olib qo’yilganidan keyin 12 kun ichida qochirish davri kelmagan urg’ochi cho’chqalarda tug’ish funksiyasini tiklash uchun, preparat 1 ml dozasida,gonadotrop preparatlaridan biri (SJKhayvonning1 kgtana vazniga10x.b.dozasida va b.) bilan birga kiritiladi.Urg’ochi cho’chqalarda tug’ish davrini moslashtirish va tug’ruqdan keyingi kasalliklarni profilaktika qilish uchun, preparat homiladorlikning 113-114 kunida 0,7 ml dozasida kiritiladi. Tug’ruq ko’p hollarda 24-35 soatdan keyin boshlanadi.
Qo’ylarda bachadon bo’yinchasi ochilmasligini profilaktika qilish va davolash uchun homilador qo’ylarga «Kloprostin» taxminiy tug’ishidan 15-16 kun avval 2 ml dozasida kiritiladi. Tug’ishdan avval 3-5 kun jinsiy qini chiqib ketganda, preparat yuqoridagi dozasida2 ml estradiol-dipropionatning0,1 %moyli eritmasi bilan birga kiritiladi.
Hayvonlarda keraksiz homiladorlikni to’xtatish (ko’rsatma bo’lganda) «Kloprostin»ni 2 ml dozasida kiritish orqali erishiladi.

3.3 Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda, nojo’ya holatlar kuzatilmaydi.

3.4 «Kloprostin» homilador hayvonlarga qo’llanishi mumkin emas, chunki u homila tushishini keltirib chiqaradi.

3.5 Preparat kiritilganidan keyin 24 soat ichida hayvonlarni go’sht uchun so’yish taqiqlanadi. Preparat kiritilganidan keyin 24 soat ichida so’yilgan hayvonlarning go’shti yem maqsadlarida ishlatiladi. Suti cheklashsiz ishlatiladi. 
Preparat kiritilganidan keyin 48 soat ichida hayvonlarni go’sht uchun so’yish taqiqlanadi. Belgilangan muddatidan avval majburan so’yilgan hayvonlarning go’shti yem maqsadlarida ishlatilishi mumkin. Ishlov berilgan hayvonlarning suti cheklashsiz ishlatiladi.  

 

4. SHAXSIY PROFILAKTIKA CHORALARI
4.1 Preparat bilan ishlaganda shaxsiy gigiyena choralari va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.   

 

5. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
5.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish