Home \ KALSIY BOROGLYUKONAT

KALSIY BOROGLYUKONAT

kalciy__boroglyukonat.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Kalsiy boroglyukonat» (Calcii borogluconas).

1.2 Kalsiy boroglyukonat tarkibida kalsiy glyukonat va yordamchi moddalar bo’lgan steril suvli eritmadir. 1 ml preparat tarkibida 200 mg kalsiy glyukonat mavjud.

1.3 Preparat mexanik aralashmalari bo’lmagan steril shaffof, rangsiz yoki och sariq rangli suyuqlikdir.

1.4 Preparat shisha flakonlarda 20, 50, 100, 200, 250, 400 va 500 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.5 Preparat qorong’i, salqin, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +25°C gacha haroratda saqlash lozim. Preparatning belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 2 yil.

 

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Kalsiy boroglyukonat hayvonlarning organizmiga kalsiy xloridiga yaqin farmakologik ta’sir etadi. Sezgirlikni kamaytiruvchi, antitoksik va yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi; qonda ionlashtirilgan kalsiy darajasini oshiradi, moddalar almashinuvini rag’batlantiradi, yurak mushagi qisqarishini kuchaytiradi.

2.2 Kalsiy boroglyukonat inyeksiya joyidagi to’qimalarni achishtirmaydi, shuning uchun uni teri ostiga kiritib qo’llash mumkin.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 Preparat hayvonlarning quyida kasalliklarida davolash va profilaktika maqsadida qo’llanadi:
a) tug’ruqdan keyingi parez, spazmofiliya, eklampsiya, shok holati, transport kasalligi, raxit, tetaniya, osteomalyatsiya;
b) yo’ldoshning ushlab qolinishi, tug’ruqdan avvalgi va keyingi uzoq yotib qolish; v) allergik kasalliklar (eshak yemi, qon zardobi kasalligi); g) magniy tuzlari bilan zaharlanish, jigarning toksik shikastlanishi.

3.2 +35-37°C haroratgacha isitilgan kalsiy boroglyukonat hayvonlarga tomir ichiga (preparat 2-3 daqiqa ichida, sekin kiritiladi), mushak ichiga yoki teri ostiga, hayvonning 1 kg tana vazniga 0,5 ml hisobidan kiritiladi. Mushak ichiga va teri ostiga inyeksiya qilishda preparatning dozasi turli joylarga bo’lib kiritiladi. Preparat bir martta, zarur bo’lganda esa – takroran xuddi shunday dozalarda 24 soatdan keyin qo’llanadi. Maksimal bir martalik dozalar:

- yirik qoramolga:                            250-300 ml
- otlarga:                                        150-250 ml
- qo’ylarga va echkilarga:                50-100 ml
- cho’chqalarga:                              30-100 ml
- itlarga:                                         5 - 25  ml  

 

4. NOJO’YA TA’SIRI 
4.1 Preparatni teri ostiga kiritishda yengil shishlar paydo bo’lishi mumkin, ular 1-2 soatdan keyin o’tib ketadi. Tomir ichiga tez kiritilganda yurak qorinchalari fibrillyatsiyasi paydo bo’lishi mumkin. Juda kam hollarda qusish, ich ketishi, tomir urishining sekinlashuvi bo’lishi mumkin, ular o’z-o’zidan tez o’tib ketadi.  

 

5. QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR
5.1 Giperkalsemiya holatida qo’llash mumkin emas.  

 

6. ALOHIDA KO’RSATMALAR
6.1 Hayvonlarni so’yish va chorvachilik mahsulotlarini oziq-ovqat maqsadida ishlatish yuzasidan cheklash yo’q.  

 

7. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI 
7.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish