Inyeksion eritmalar

ixglyukovit.jpg
Og'riq qoldiruvchi, antiseptik – majmuiy preparat. Ta'sir qiluvchi moddalari ixtiol va glyukoza. 
Ixglyukovit sigirlarda bachadon subinvolyutsiyasi, tug’ruqdan keyingi endometritlarni, mastitlarni,
qishloq xo’jalik hayvonlarida telyazioz, oshqozon-ichak tizimining yallig’lanishi va buzilishini profilaktika
qilish va davolash uchun qo’llanadi.
kbn__10ml.jpg
Preparat hayvonlarning markaziy asab tizimi faoliyatining susayishi bilan kechadigan turli kasalliklarida, holsizlikda, mushak holsizligida, asab tizimini susaytiruvchi zaharlar (giyohvand moddalar, uxlatuvchi vositalar) bilan zaharlanganda markaziy asab tizimini qo’zg’atish uchun qo’llanadi.
ringerlokk.jpg
Ringer-Lokk eritmasi hayvonlarga dispepsiyalar va organizmning suvsizlanishi va intoksikatsiyasi bilan kechadigan boshqa kasalliklarda, qon ketishda, yaralarni va ko’zni yuvish uchun belgilanadi. Undan shuningdek turli dori preparatlarini eritish uchun foydalaniladi.

novokain.jpg
Faol ta’sir etuvchi moddasi novokain - paraaminobenzoy kislotasining betta-dietilaminoetil efirining gidroxloridi hisoblanadi.
okstotsin.jpg
«Oksitotsin eritmasi». Preparatning ta’sir etuvchi moddasi oksitotsin (gipofiz orqa qismi ishlab chiqaruvchi polipeptid gormonining sintetik analog moddasi).
Oksitotsin eritmasi qishloq xo’jalik va uy hayvonlarining urg’ochilariga, tug’ruq paytida kuchsiz
kuchanishda, yo’ldosh ushlanib qolganda, bachadondan qon ketishda, bachadon atoniyasi, gipotoniyasi va yallig’lanishida, mastitlarda, shuningdek reflektor agalaktiya holatida qo’llanadi.
ketoprofol1.jpg
Preparatning tarkibiga kiruvchi ketoprofen og’rik bilan kechadigan o’tkir, o’tkirsimon va surunkali yallig’lanishlarni davolash uchun samaralidir.
kloprostin.jpg
Qishloq xo’jalik hayvonlarining qochirish davrini moslashtirish, urg’ochilarning bepushtligini va ginekologik kasalliklarini davolashda qo’llaniladi.
Preparatnig ta’sir etuvchi moddasi kloprostenol - prostaglandin F2α ga o’xshash sintetik moddadir.
surfagon.jpg
Surfagon gonadotrop rilizing-gormon LG-RG-lyuliberinga o’xshash sintetik nanopeptid moddadir. Preparat xlorli natriyning izotonik eritmasidagi surfagonning steril eritmasidir.
Jinsiy siklning ertaroq boshlanishi uchun.
Jinsiy siklning boshlanishini rag’batlantirishning ikkita usuli taklif etiladi. Birinchi usulida preparatni
asoratsiz tug’ishdan keyin tug’ruqdan keyingi davrda qo’llash tavsiya etiladi. Ikkinchi usulida endometrit bilan kasallangan va bachadon involyutsiyasi sekinlashgan sigirlarga qo’llash tavsiya etiladi.