Home \ IXTIOL Malhami 10%; 20%

IXTIOL Malhami 10%; 20%

ixtiol20.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Ixtiol malhami».

1.2 Malham tashqi ko’rinishiga ko’ra to’q sarg’ish rangli, bir jinsli, ixtiol hidli quyuq massadan iborat.

1.3 Malham vazelin asosidagi ixtiolning 10% va 20% konsentratsiyali  malham shaklida chiqariladi. Malham polimer idishlarga 100 - 1000 g dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.4 Malham quruq, salqin, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – 3 yil.

 

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Malhamning tarkibiga kiruvchi ixtiol antiseptik va yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi. Yaralarga surtilganda, tomirlarni toraytiradi, sekretsiya va ekssudatsiya jarayonlarini kamaytirib, jarohatlangan to’qimalarning regeneratsiyasini tezlashtiradi.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 Malham teri kasalliklarida (kuyishlar, yaralar, ekzemalar, dermatitlar, furunkulyoz, piodermiyalar), tuyoqlar, tuyoqchalar kasalliklarida, shuningdek artritlar, nevralgiyalar, tendinitlar, tendovaginitlar, bursitlar, mastitlar holatida tashqi ravishda qo’llanadi.

3.2 Malham jarohatlangan joyga tekis yupqa qatlam qilib surtiladi Preparat yara tuzalguncha har kuni sutkasiga 1-2 marta yoki 1-2 kun oralab qo’llanadi.

3.3 Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi. Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.

3.4  Malham qo’llanganda, hayvonlarni go’sht uchun so’yish va sutni oziq-ovqat maqsadlarida ishlatish cheklanishsiz amalga oshiriladi.  

 

4. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
4.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish