Home \ IXGLYUKOVIT

IXGLYUKOVIT

ixglyukovit.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Ixglyukovit” – majmuiy preparat, uning tarkibiga ixtiol, glyukoza, askorbin kislotasi va suv kiradi.

1.2 Preparat to’q jigar rangli, ixtiolning o’ziga xos hidi bo’lgan, chayqatganda ko’pik hosil qiluvchi bir jinsli moyli suyuqlikdan iborat. Idishning devorlarida yengil, chayqatishda parchalanadigan cho’kma bo’lishiga yo’l qo’yiladi.

1.3. «Ixglyukovit» 50,0, 100,0, 200,0 400,0 va 450,0 ml hajmidagi shisha flakonlarga qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.4 Preparat quruq, qorong’i joyda, +5°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning ko’rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 1 yil.

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 «Ixglyukovit» antiseptik, parazitlarga qarshi, yallig’lanishga qarshi, og’riq qoldiruvchi va qon to’xtatuvchi ta’siriga ega, tug’ruqdan keyin bachadon involyutsiyasini rag’batlantiradi, bachadon va sut bezining shikastlangan to’qimalari regeneratsiyalanishiga ko’maklashadi.

2.2 Eritmalar ichida ixtiol yodli tuzlar, alkaloidlar va og’ir metallarning tuzlari bilan qo’shila olmaydi.  

 

3. PREPARATNI QO’LLASH TARTIBI
3.1 «Ixglyukovit» sigirlarda bachadon subinvolyutsiyasi, tug’ruqdan keyingi endometritlarni, mastitlarni, qishloq xo’jalik hayvonlarida  telyazioz, oshqozon-ichak tizimining yallig’lanishi va buzilishini profilaktika qilish va davolash uchun qo’llanadi.

3.1.1 Tug’ruqdan keyingi bachadon subinvolyutsiyasi, endometritlarni, mastitlarni profilaktika qilish uchun «Ixglyukovit» tuqqan sigirlarga 100 kg tana vazniga 10 ml dozasida ikki marta mushak ichiga yoki tos bo’shlig’ining to’qimalararo joyiga tug’ruqdan keyin ikki kun davomida kiritiladi. Preparat 48 soatdan keyin xuddi shunday dozada qo’llanadi.

3.2 Sigirlarda endometritlar, vulvitlar va mastitlar bo’lganda davolash maqsadida «Ixglyukovit» 100 kg tana vazniga 10 ml dozasida 48 soat oralig’i bilan tuzalguncha mushak ichiga yoki tos bo’shlig’ining to’qimalararo joyiga kiritiladi. Kasallikning og’ir kechishida preparatni antibiotiklar va boshqa vositalar bilan birga qo’llash tavsiya etiladi.

3.3 To’qimalararo joyiga kiritishda orqa teshigidan o’ng yoki chap tomonda to’g’ri ichak chuqurchasining oldingi-ustki burchagiga (navbati bilan) umumiy qabul qilingan uslublar bo’yicha ishlov beriladi. Qo’lning bir martalik harakati bilan itarib, nina chuqurchaning yuzasiga 30-45° burchak ostida, to’qimalararo joyiga 3-5 sm chuqurlikka, ko’krak suyagining qilichsimon o’simtasi yo’nalishida kiritiladi. Porshenli shpritsdan foydalanib preparatni kiritish uchun 30-40 soniya, o’zi oqib kirishi uchun - 1-1,5 daqiqa talab etiladi. Agar eritma o’zi oqib kiritilsa, nina 1-3 sm chuqurroq kiritiladi.

3.4 Oshqozon-ichak buzilishlari bo’lgan buzoqlarni davolash uchun «Ixglyukovit» hayvonning 1 kg tana vazniga 1,5 (0,5) ml dozasida, sutkasiga 2-3 marta, 3-4 kun ketma-ket og’iz orqali ichib, yoki tomir ichiga - 1 kg tana vazniga 0,1 ml dozasida, sutkasiga 1 marta, 2-3 kun ketma-ket qo’llanadi.

3.5 Telyazioz bilan kasallangan yirik qoramol va otlarni davolash uchun, preparat 5-10 ml dozasida, sprintsovka yordamida uchinchi qovog’i orqasiga va kon’yunktival qopcha ichiga, hayvonning boshini chetga va pastga sal egib, kiritiladi. Davolash kursi - 2-3 kun oralig’i bilan 2-3 marta kiritish.

3.6 Mastit holatida yelin kasal qismining ichidagi sut sog’iladi, qaynatiladi va yo’q qilinadi. Preparat bilan davolangan sigirlar yelinining sog’lom qismidan sut cheklashsiz ishlatiladi.

3.7 «Ixglyukovit» qo’llanishidan keyin nojo’ya holatlar va asoratlar aniqlanmagan.

3.8 Chorvachilik mahsulotlaridan cheklashsiz foydalanish mumkin.  

 

4. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
4.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.