Home \ GLYUKOZA - 40%

GLYUKOZA - 40%

glyukoza.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 Glyukozaning 5%, 10%, 25% va 40%  eritmasi.

1.2 Preparat mexanik aralashmalari bo’lmagan shaffof, rangsiz yoki och sariq rangli suyuqlikdir. 

1.3 Glyukozaning 5%, 10%, 25% va 40%  eritmalari zich yopilgan shisha flakonlarda 50, 100, 200, 250, 400, 450 va 500 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.4 Preparat quruq, yorug’liqdan pana bo’lgan joyda, 0oC dan +25oC gacha haroratda saqlanadi. Preparatni muzlatishga yo’l qo’yiladi. Muzlatilganda, zich yopilgan holda eritish lozim. Preparatning ko’rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 2 yil.

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Veterinariya maqsadlari uchun glyukozaning izotonik (5%) va gipertonik (10-40%) eritmalari qo’llanadi.

2.2 Vena qon tomiriga glyukozaning gipertonik (10-40%) eritmalari kiritilganda, qonning osmotik bosimi oshadi, suyuqliklarning va to’qimalarning qonga oqimi kuchayadi, moddalar almashinuvining jarayonlari kuchayadi, jigarning va antitoksik funksiyasi va yurakning ishlashi yaxshilanadi, qon tomirlari kengayadi, diurez kuchayadi. Glyukoza shunigdek hayvonlarning organizmida gormonlar va fermentlarning sintezini rag’batlantiradi, organizmning himoya kuchlarini oshiradi.

2.3 Glyukozaning izotonik eritmalari organizmni suyuqlik va oson o’zlashuvchan qimmatli ozuqa materiali bilan to’ldirish uchun qo’llanadi. Glyukoza to’qimalarning ichida energiya ajratilgan holda parchalanadi, u organizmning funksiyalarini kuchaytirish uchun xizmat qiladi.  

 

3. PREPARATNI QO’LLASH TARTIBI
3.1 Glyukoza toksik yuqumli kasalliklarda, turli intoksikatsiyalarda (simob, margimush, sinil kislotasi va uning tuzlari, uglerod oksidi va boshqa moddalar bilan zaharlanishda), jigar kasalliklarida (gepatitlar, tsirrozlar), o’pka shishlari va gangrenasida, yurak faoliyatining dekompensatsiyalanuvida qo’llanadi. Glyukoza kavsh qaytaruvchi hayvonlarda intoksikatsiya, gipotoniya, old qorinning atoniyasi holatlari bilan kechgan oshqozon-ichak kasalliklarida, sigirlarda atsetonemiya, tug’ruqdan keyingi gemoglobinuriya, ketonuriya va toksemiya, qo’ylarda ketonuriya holatida qo’llanadi. Glyukoza eritmalari kuchsiz va holsiz hayvonlarga energetik va parhez vosita sifatida belgilanadi.

3.2 Kasallikning og’irligi darajasiga qarab, preparat og’iz orqali va tomir ichiga kuniga 1-2 marta quyidagi dozalarda kiritiladi:

Hayvonlarning turlari
Hayvonlarning
o’rtacha vazni (kg)
Dozalar, ml:
5% eritma 10% eritma 25% eritma 40% eritma
Otlar 500 600-2400 300-1200 120-480 75-300
Yirik qoramol 400 600-3000 300-1500 120-600 75-350
Mayda shoxli mol 50 200-600 100-300 40-120 25-75
Yirik qoramol 60 200-600 100-300 50-150 25-75
Itlar 12 40-160 20-80 10-40 5-20

Davolash kursi har kuni, kasallik belgilari yo’qolguncha takrorlanadi.

3.3 Glyukoza eritmalari tavsiya etilgan dozalarda asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi. Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.

3.4 Preparat qo’llanganda chorvachilik mahsuloti cheklashsiz oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatiladi.  

 

4. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
4.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish