Home \ FLONIKOL-О

FLONIKOL-О

flonikol.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Flonikol-O».

1.2 Preparat rangsizdan sariq ranggacha bo’lgan, suv bilan oson aralashtiriladigan va og’iz orqali ichish uchun mo’ljallangan shaffof eritmadir. 1 ml preparatning ichida 100 mg sintetik antibiotik florfenikol mavjud.

1.3 «Flonikol-O» shisha yoki plastik flakonlarda 10; 100; 200; 250; 500 va 1000 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.4 «Flonikol-O» ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha), quruq, to’g’ri quyosh nurlaridan himoyalangan joyda, +5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. 

Preparatning saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 2 yil. Zavod o’rami ochilganidan keyin, dori vositasini germetik yopilgan idisharda saqlash va 30 kun davomida ishlatish kerak.

 

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Antibiotik florfenikol keng antibakterial ta’sir etish doirasiga ega va gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlar Staphylococcus spp., Streptococcus spp., Escherichia coli, Salmonella spp., Pasteurella multocida, Haemophilus spp., Proteus spp., Enterobacter spp., Shigella spp., Klebsiella spp., Bordetella spp., shuningdek Mycoplasma spp. larga nisbatan faol ta’sir etadi: Florfenikol atsetiltransferazani ishlab chiqaradigan va xloramfenikolga (levomitsetinga) chidamli bo’lgan bakteriyalar shtammlariga nisbatan faol ta’sir etadi.

2.2 Og’iz orqali ichilganda florfenikol oshqozon-ichak tizimidn tez so’riladi va organizmning ko’pchilik a’zolariga va to’qimalariga yaxshi kirib o’zlashadi. Parrandalarda florfenikolnig og’iz orqali ichilganda bioo’zlashuvchanligi 55% ni tashkil qiladi. Ichimlik suvi bilan ichilganda parrandaning organizmida florfenikolning terapevtik konsentratsiyasiga 20 daqiqadan keyin erishiladi va parrandaning a’zolarida va to’qimalarida 24 soat davomda saqlanadi. Florfenikol parrandaning organizmidan asosan o’t bilan va najas bilan ajralib chiqadi.      

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 «Flonikol-O» qishloq xo’jalik parrandalarining bakterial kasalliklarida profilaktika va davolash maqsadida, shu jumladan kolibakterioz va salmonellyoz holatlarida qo’llanadi.

3.2 «Flonikol-O» ichimlik suvi bilan ichiriladi: - 4-haftagacha yoshdagi jo’jalarga - 100 l suvga 100 ml preparat, bu esa parrandaning 1 kg tana vazniga 20 mg florfenikolning sutkalik dozasiga mos keladi; - parrandaning boshqa yosh toifalariga - 100 l suvga 200 ml preparat 3 kun davomida, salmonellyoz holatida - 5 kun davomida. Davolash paytida parranda faqat tarkibida «Flonikol-O» bo’lgan suvni ichishi lozim. Preparatning eritmasi har kuni tayyorlanadi.  

3.3 Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar. «Flonikol-O» ni qo’llash qon hosil qilish tizimi, jigar va buyrakning og’ir shikastlanishlarida, shuningdek florfenikolga individual yuqori sezgirlik bo’lganda taqiqlanadi. Antibiotik tuxum bilan chiqarilishi tufayli, «Flonikol-O» ning tuxum qo’yadigan tovuqlarga qo’llanishi mumkin emas.  «Flonikol-O» preparatining boshqa antibiotiklar, bilvosita antikoagulyantlar, barbituratlar, miorelaksantlar bilan bir vaqtda qo’llanishiga yo’l qo’yilmaydi.

3.4 Alohida ko’rsatmalar. Preparat qo’llangan parrandani go’sht uchun so’yish dori vositasini qo’llash to’xtatilganidan keyin kamida 6 sutka o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan parrandaning go’shti etxo’r hayvonlarga yedirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.  

 

4. EHTIYOT CHORALARI
4.1. Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak.

4.2 Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.

4.3 Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish lozim.

4.4 Preparatning idishini oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi.  

 

5. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
5.1 Preparatni qo’llashdan keyin asoratlar aniqlangan holda, ushbu seriyadan foydalanish to’xtatiladi va bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga (700178, Toshkent shahri, Qoraqamish 2/4 dahasi, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy) va preparatni ishlab chiqaruvchiga bildiriladi. Ayni paytda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga hayvonlarda asoratlarni yuzaga keltirgan preparat seriyasining namunalarini, asoratlarning batafsil ta’rifi bilan birga, yuboriladi.

 

bo'limga qaytish