Home \ ENROVIT-О

ENROVIT-О

enrovitO__1l.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Enrovit-O». (Enrovitum-O). Sinonimlari: Enroksil, Enroflon

1.2. Preparatning faol ta’sir qiluvchi moddasi enrofloksatsin - ftorxinolonlar guruhidagi antibakterial preparatdir.

1.3. «Enrovit-O» preparatining 1 ml tarkibida 100 mg enrofloksatsin mavjud. Och sariq rangdan sariq ranggacha, shaffof suyuqlikdir.

1.4. Preparat shisha yoki polimer idishlarda 100, 200, 250, 500 va 1000 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi. Preparatlar ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha) quruq, yorug’likdan pana joyda, +5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. Belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – 24 oy.

 

2.FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Enrofloksatsinning ta’sir ko’rsatish mexanizmi uning mikroorganizmlarda olma kislotasining biosintezini ingibirlaydigan DNK-giraza fermentiga ta’sir etishidan iborat.

2.2 Preparatning gram-musbat bakteriyalar (stafilokokklar, streptokokklar, korinebakteriyalar, klostridiyalar va listeriyalar), gram-manfiy bakteriyalar (ichak tayoqchasi, salmonellalar, klebsiyellalar, proteylar, iyersiniyalar, gemofil bakteriyalar, pasterellalar, aktinobatsilluslar, psevdomonalar, bordetellalar, brutsellalar, kampilobakteriyalar), shuningdek mikoplazmalarga nisbatan antibakterial ta’siri aniqlangan.

2.3 Enrofloksatsin oshqozon-ichak tizimidan oson va tez so’riladi, va organizmning barcha a’zolari va to’qimalarga kirib o’zlashadi. Qondagi maksimal konsentratsiya miqdoriga preparatni kiritishdan keyin 0,5-1 soat o’tganda erishiladi va 4-6 soat davomida, davolaydigan konsentratsiyasi esa qonda 24 soat davomida saqlanadi.

2.4 Preparat organizmda amalda biotransformatsiyaga uchramaydi va o’zgarmagan holda, asosan siydik bilan va o’t bilan chiqariladi.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 Preparat qishloq xo’jalik hayvonlar va parrandalarda quyidagi kasalliklarni profilaktika qilish va davolash uchun belgilanadi:
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar: enteritlar, respiratorli yuqumli kasalliklar, kolibakterioz, pas­terellyoz, salmonellyoz, mikoplazmoz, klostridioz, dizenteriya, leptospiroz.
Quyonlar: pasterellyoz, enterotoksemiya, enteritlar, dizenteriya, respiratorli yuqumli kasalliklar, listerioz, endometrit, tumov, rodentioz va hokazo.
Cho’chqalaroshqozon-ichak tizimining bakterial kasalliklari (kolidiar­reya, koliseptitsemiya) va nafas olish yo’llarining  bakterial kasalliklari.
Parrandalar: surunkali respirator kasalliklar, septitsemiya, tovuq o’lati va tovuq tifi, salmonellyozlar, stafilokokkozlar, streptokokkozlar, mikoplazmozlar, vibriozli gepatit va hokazo.

3.2 Preparat og’iz orqali, suv bilan sutkada bir martta ichiriladi.

Kavsh qaytaruvchi hayvonlar, cho’chqalar va quyonlarsutkalik dozasi hayvonning 10 kg tana vazniga 0,5-1 ml preparat (1 kg vazniga 2,5 - 5 mg enrofloksatsin) hisobidan belgilanadi. Davolash kursi – kasallikning og’irligiga qarab, 3-5 kun.
Parrandalar: 10 ml preparat 20 l ichimlik suvida suyultiriladi va 3 kun davomida beriladi. Salmonellyoz holatida – 5 kungacha. Davolash davrida hayvonlar va parrandalar faqat «Enrovit-O» qo’shilgan suvni ichishi lozim. Eritma 1 sutkalik suv ehtiyoj miqdoridan kelib chiqib tayyorlanadi.

3.3 Profilaktika maqsadida 3-5 kun davomida davolash dozasining yarmisi belgilanadi.

3.4 Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda, nojo’ya ta’siri kuzatilmaydi.

3.5 Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar. Preparat tuxum qo’yuvchi tovuqlarga qo’llash ruxsat etilmaydi. Preparatni xloramfenikol, makrolid antibiotiklar, tetratsiklinlar va nosteroid vositalari bilan birgalikda qo’llash mumkin emas. Preparatni ftorxinolonlarga yuqori sezgirlik bo’lganda qo’llash tavsiya etilmaydi.

3.6  Yirik qoramol, qo’ylar, quyonlar va tovuqlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 7 kun, cho’chqalarni 5 kun, kurkalarni 14 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Olingan sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish 7 kun davomida ruxsat etilmaydi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti va olingan sut faqat yem maqsadlarida ishlatish lozim.  

 

4. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
4.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish