GMP / ISO 9001:2015
2.2 Preparat gram-musbat bakteriyalar (stafilokokklar, streptokokklar, korinebakteriyalar, klostridiyalar va listeriyalar), gram-manfiy bakteriyalar (ichak tayoqchasi, salmonellalar, klebsiyellalar, proteylar, iyersiniyalar, gemofil bakteriyalar, pasterellalar, aktinobatsilluslar, psevdomonalar, bordetellalar, brutsellalar, kampilobakteriyalar) va mikoplazmalarga nisbatan keng doirali antibakterial ta’siriga ega.
2.3 Enrofloksatsin inyeksiya joyidan tez so’riladi va organizmning barcha a’zolari va to’qimalarga kirib o’zlashadi. Preparatning qondagi maksimal konsentratsiyasiga kiritishdan keyin 0,5-1 soat o’tganda erishiladi va 4-6 soat davomida, davolaydigan konsentratsiyasi esa qonda 24 soat davomida saqlanadi.
2.4 Preparat organizmda amalda biotransformatsiyaga uchramaydi va o’zgarmagan holda, asosan siydik bilan va o’t bilan chiqariladi.
3.2 Preparat mushak ichiga sutkasiga 1 martta qo’llanadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar, cho’chqalar va quyonlarga sutkalik dozasi hayvonning 20 kg tana vazniga 1 ml preparat (1,5 mg enrofloksatsin - 1 kg uchun) hisobidan belgilanadi. Salmonellyoz va nafas olish a’zolarining yuqumli kasalliklarida - hayvonning 20 kg tana vazniga 2 ml preparat (5,0 mg enrofloksatsin - 1 kg uchun) dozasida belgilanadi. Davolash kursi - kasallikning og’irligiga qarab, 3-5 kun. Tuqqan cho’chqalarning mastit-metrit-agalaktiyasida davolash kursi - 1 kundan 2 kungacha. Mo’ynali hayvonlarga (norka, tulki, shimol tulkisi), itlarga, mushuklarga sutkalik dozasi hayvonning 10 kg tana vazniga 1 ml preparat (5 mg enrofloksatsin) hisobidan belgilanadi. Davolash kursi - kasallikning og’irligiga qarab, 3-5 kun. Profilaktika maqsadida 3-5 kun davomida davolash dozasining yarmisi belgilanadi.
3.3 Ehtimoliy og’riq reaksiyasi bo’lmasligi uchun, preparat yrik hayvonlarga bir joyiga ko’pi bilan 2-3 ml va mayda hayvonlarga ko’pi bilan 1 ml miqdorda kiritish kerak.
3.4 Nojo’ya ta’siri. Cho’chqalarda enrofloksatsin inyeksiyalari ba’zan mahalliy achishishni keltirib chiqaradi. Davolash davrida buzoqlarda va cho’chqachalarda ba’zan ovqatni hazm qilish buzilishi kuzatilishi mumkin. Enrofloksatsin preparatini qo’llash mayda va o’rtacha zotli itlarda 2 oydan 8 oygacha yoshida, yirik va sekin o’sadigan zotlarda esa 18 oygacha bo’g’im tog’aylarida o’zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
3.5 Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar. Preparat otlarga, homilador itlarga va tuqqan cho’chqalarga, shuningdek sut emizadigan itlarga qo’llash mumkin emas. Preparatni 8 oydan yoshroq mushuklar, 12 oygacha yoshdagi itlarga, yirik zotli itlarga esa 18 oygacha qo’llash mumkin emas. «Enrofloksatsin-50» sut sog’iladigan hayvonlarga qo’llanishi ruxsat etilmaydi.
3.6 Mos kelmaydigan holatlar. Preparat tetratsiklinlar, makrolid antibiotiklar, levomitsetin bilan bir vaqtda qo’llanishi mumkin emas.
3.7 Yirik qoramol, qo’ylar, cho’chqalar va quyonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 14 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarga yedirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun, olingan sut esa – qishloq xo’jalik hayvonlariga ichirish uchun ishlatish lozim.