Home \ BUTAMIN-O

BUTAMIN-O

1l_butamin-O
UMUMIY MALUMOTLAR: «Butamin-О» (Butamin-О) preparat tashqi ko’rinishi bo’yicha tiniq suvda osonlik bilan aralashishga ega bo’lgan och qizil rangdan qizil ranggacha steril shaffof eritamadir. 1ml preparatda 100mg butafasfan (bu esa 17,3 mg fosforga mos) va 0,05mg tsianokobalamin (vitamin B12), xamda yordamchi moddalar mavjud. Preparat polimer idishlarda yoki  konstrlarda 100, 200, 250, 500 va 1000 ml idishlarda qadoqlanadi. Preparat extiyotlik bilan quruq, yorug’likdan ximoyalangan joyda ishlab chiqaruvchining yopiq idishida +5 C dan +25 C  gacha bo’lgan xaroratda saqlanishi lozim. Preparatning yaroqlik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 2 yil..

 

 FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: - Butafasfan  -  organizmni ossimilyatsiyaga oid jarayonlarga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan fosforning organic birikmasidir. Qonda glyukozani utilizatsiya qilishini yaxshilaydi. Bu esa energiya almashinuvini kuchaytiradi; ADF – ATF aylanish davrining kuchaytirish xisobidan metobalizmning jarayonlarini tezlashtiradi;    jigarni barcha funksiyalarini faollashtiradi, organizmni rezistentligini oshiradi,   silliq muskullarni kuchaytiradi va uning xarakatlantiruvchi faolligini oshiradi,   miokard ishini tiklaydi, suyaklarning o’sishini kuchaytiradi,  kortizol darajasini qonda normallashtiradi,   proteinning sintezini kuchaytiradi, bu esa hayvonlarning organlarini va to’qimalarini reparativ xususiyatlarini xamda ularni o’sish va rivojlanishini tezlashtiradi.

  -  Vitamin B12 qon ishlab chiqishni kuchaytiradi, kreatinning organizmda ko’payishida qatnashadi, (mushaklarni to’qimasining energiya manbai ), asab tizimiga  tasir etuvchi asetilxolinning biosinteziga yordam beradi, organizmdagi yog’lar va karbon kislotalarni almashinuvini kuchaytiriladi, oziq-ovqat qabul qilish jarayonini normallashtradi,  metionning biosinteziga yordam beadi, limfotsitlar va supressorlarni normal darajasida tiklaydi.

Butamin  preparatining farmakologik xususiyatlari uning tarkibiga kiruvchi faol ta’sir etuvchi moddalarni xususiyatlariga bog’liq. Preparat  quvvatni oshirish xususiyatiga ega, metobolik va regenerativ jarayonlarni normallashtiradi, oqsil, yog’ va uglevod moddalarini organizmda to’planishini oshiradi, tashqi muxitni noqulay omillarga organizmning rezistentligini  oshiradi, xayvonlarni va parrandalarni o’sishi va rivojlanishiga yordam beradi.

 

PREPARATNI QO'LLASH TARTIBI: «Butamin-O» Parrandalarda moddalar almashinuvini normallashtirish,  mahsuldorlikni oshirish  hamda rezistentligini oshirish uchun qo’llanadi, shu jumladan:
 - Parranda bosh sonini saqlash uchun, jumladan bir birini cho’qilashda (konnibalizm)
 - Xar xil etiologik kasalliklarda va tashqi muxitni noqulay omillariga organizmni qarshiligini oshirish uchun, ruxiy zarbia issiqlik stresida;
 - Jigarni barcha funksiyalarini oqsil, uglevod va yog’li moddalar almashinuvi regenerativ jarayonlarini normallashtirish uchun;
 - Jo’jani o’sishi va rivojlanishi, mahsuldorlikni oshirish, tuxumlarni sifatini yaxshilash uchun.
 
QO'LLASH DO'ZALARI: Preparatni parrandaga og’iz orqali ichish uchun suv bilan 4-5 kun davomida qo’llaniladi:
  -     ko’p tuxum beradigan va  go’shtga boqiladigan tovuqlarga 1 litr ichimlik suviga-2-3ml;
  -     jo’jalarga 1 litr ichimlik suvga 1-1,5 ml;
  -    go’sht uchun boqiladigan jo’jalarga issiqlik ruxiy zarbasini (issiqlik stresi) tushirish uchun 1 litr ichimlik suviga 20 ml;
 
QO'SHIMCHA MALUMOTLAR: Tafsiya etilgan do’zalarda asoratlar va nojoya tasirlar ko’rilmagan. Preparatni
qo’llash mumkin bo’lmagan xolatlar aniqlanmagan. “Butamin-O ”  preparati  boshqa dori-darmonlar va yem- xashaklar oid qo’shimchalar bilan bir vaqrning o’zida qo’llash mumkin. Preparatni qo’llagandan keyin qishloq xo’jalik xayvonlari va parrandalaridan olinadigan maxsulotlarni cheksiz foydalanish mumkin.

 

SHAXSIY PROFILAKTIKA CHORALARI: «Butamin-O» bilan ishlaganda gigiyena va texnika xavfsizligili umumiy qoidalariga rioya qilish kerak. Ishni tugatgach qo’llarni iliq suvda sovun bilan yuvish kerak. Ko’zga tekkanda darxol toza suv bilan yuvib tashlash kerak. Preparatni bolalar kirishi mumkin bo’lmagan va qo’li yetmaydigan joyda saqlash kerak.

 

E’TROZLARNI BILDIRISH TARTIB: Preparatni qo’llashdan keyin asoratlar aniqlansa ushbu seryali preparatdan foydalanish to’xtatiladi va bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga (700178, Toshkent shaxri, A.Yunusov ko’chasi, 1a uy) va preparatning ishlab chiqaruvchisiga xabar beriladi. Bir vaqtning o’zida O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga hayvonlarga asoratlarni keltirib chiqargan preparat seriyasi (partiyasi) namunalari va asorantlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.