Home \ BUTAMIN

BUTAMIN

10ml_butamin

UMUMIY MA'LUMOTLAR«Butamin» preparati tashqi ko’rinishi bo’yicha tiniq suvda osonlik bilan aralashishga ega bo’lgan och qizil rangdan qizil ranggacha steril shaffof eritamadir. 1ml preparatda 100mg butafasfan (bu esa 17,3 mg fosforga mos) va 0,05mg tsianokobalamin (vitamin B12), xamda yordamchi moddalar mavjud. Preparat ishlab chiqaruvchining me’yoriy xujjati bo’yicha vintli og’zi bo’lgan 100, 200, 250, 500 va 1000 ml miqdorlada polimer yoki GOST 10782 bo’yicha shisha idishlarda qadoqlanadi. Preparat extiyotlik bilan quruq, yorug’likdan ximoyalangan joyda ishlab chiqaruvchining yopiq idishida +5°C dan  +25°C  gacha bo’lgan haroratda saqlanishi lozim. Preparatning yaroqlik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 3 yil.

 

FARMOKOLOGIK XUSUSIYATLARI:   -  Butafasfan  -  organizmni ossimilyatsiyaga oid jarayonlarga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan fosforning organic birikmasidir. Qonda glyukozani utilizatsiya qilishini yaxshilaydi. Bu esa energiya almashinuvini kuchaytiradi; ADF – ATF aylanish davrining kuchaytirish xisobidan metobalizmning jarayonlarini tezlashtiradi;    jigarni barcha funksiyalarini faollashtiradi, organizmni rezistentligini oshiradi,   silliq muskullarni kuchaytiradi va uning xarakatlantiruvchi faolligini oshiradi,   miokard ishini tiklaydi, suyaklarning o’sishini kuchaytiradi,  kortizol darajasini qonda normallashtiradi,   proteinning sintezini kuchaytiradi, bu esa hayvonlarning organlarini va to’qimalarini reparativ xususiyatlarini xamda ularni o’sish va rivojlanishini tezlashtiradi.

  -  Vitamin B12 qon ishlab chiqishni kuchaytiradi, kreatinning organizmda ko’payishida qatnashadi, (mushaklarni to’qimasining energiya anbai ), asab tizimiga  tasir etuvchi asetilxolinning biosinteziga yordam beradi, organizmdagi yog’lar va karbon kislotalarni almashinuvini kuchaytiriladi, oziq-ovqat qabul qilish jarayonini normallashtradi,  metionning biosinteziga yordam beadi, limfotsitlar va supressorlarni normal darajasida tiklaydi.

  -  Butamin  preparatining farmakologik xususiyatlari uning tarkibiga kiruvchi faol ta’sir etuvchi moddalarni xususiyatlariga bog’liq. Preparat  quvvatni oshirish xususiyatiga ega, metobolik va regenerativ jarayonlarni normallashtiradi, oqsil, yog’ va uglevod moddalarini organizmda to’planishini oshiradi, tashqi muxitni noqulay omillarga organizmning rezistentligini  oshiradi, xayvonlarni va parrandalarni o’sishi va rivojlanishiga yordam beradi.

 
PREPARATNI QO'LLASH TARTIBI: Butamin  preparati  qishloq xo’jalik xayvonlarga, it mushuklar va parrandalar  kasalliklarida davolash va profilaktika vositasi sifatida qo’llaniladi.
-noto’g’ri oziqlantirishdagi kasalliklar va moddalar almashinuvi buzilganda;
-xar xil etiologik (bakterial, virusli, gelmintoz, araxno-entomoz, intoksikatsiyalar) infeksion va infeksion bo’lmagan kasalliklarda xamda organizmning tashqi muxitni noqulay omillarga qarshi kuchaytirish uchun qo’shimcha vosita sifatida;
-gipotrafik xayvonlarga   va rekonvalissentlarga;
-jigarni barcha funksiyalarini oqsil, uglevod, yo’g’li moddalar almashinuvi, regenerativ jarayonlarini normallashtirish uchun;
-organizmda kaltsiy va magniy yetishmasligi bilan bog’liq kasalliklarni davolaganda qo’shimcha vosita sifatida;
-akusher ginekologik amaliyotida tug’ruqdan keyingi kasalliklarni profilaktika va davolash, tug’ishdan keyingi quvvatsizlikda, kuch to’plash quvvatini oshirish uchun;
-salbiy ruxiy zarba bo’lganda qo’llash uchun;
-parrandalarda tullash va cho’qilash davrida (konnibalizm);
-tug’ish davrida  va tug’ruqdan keyingi davrlarda aktivlashtirishda;
-xayvonlarni maxsuldorligini ochirish, o’sish va rivojlanishini kuchaytirish;
 -chopadigan sportchi otlarga chidamlilik  va qo’shimcha kuch berish uchun (musoboqaga 2-3 kun qolganda);
 
DO'ZALARI: O’tkir kechadigan kasalliklarda  “Butamin”  4-5 kun davomida mushak ichiga, teri ostiga yoki tomir ichiga sekin qo’llaniladi. Preparatni bir sutkalik do’zalari (bir bosh xayvonga, ml da):
- yirik qoramollar, otlar                        10 – 25 ml;           - buzoqlar, toylar                          5 – 12 ml;
- qo'ylar, echkilar                                 2,5 – 8 ml;             - qo'zilar, uloqlar                         1,5 – 2,5 ml;
- cho'chqalar                                        2,5 – 10 ml;          - emadigan cho'chqa bolalari      1 – 2,5 ml;
- itlar, mushuklar                                0,5 – 5 ml;            - etxo'r hayvonlar                         0,5 – 2,5 ml;
 
Surunkali kasalliklarda yuqorida ko’rsatilgan do’zalardan yarimi qo’llanadi.  Zaruriyat bo’lganda takroriy kursni 5-14 kun oralig’ida o’tkaziladi. Parrandalarga “Butamin”  og’iz orqali 1 litr ichimlik suviga  qo’shiladigan do’zasi:
- jo'jalar                                                                                      1,0 - 1,5 мл;
- tuxum beradigan, go'shtga boqiladigan tovuqlarga              2,0 - 3,0 мл;
 
Qo'shimcha ta'siri. Tafsiya etilgan do’zalarda preparatni nojoya tasirlar va asoratlar keltirib chiqarish aniqlanmagan. Qo’llash mumkin bo’lmagan xolatlar o'rnatilmagan.
Aloxida ko’rsatmalar. preparatni boshqa dori vositalari va ozuqa qo'shimchalaribilan bir vaqtning o'zida qo'llash mumkin, biroq shprisda tarkibida B1 va B6 vitaminlari bo'lgan boshqa preparatlarni aralashtirishga yo'l qo'yilmaydi. Preparatni qo’llagandan keyin qishloq xo’jalik xayvonlari va parrandalaridan bo’lgan maxsulotlarni oziq-ovqat maqsadida cheksiz foydalanish mumkin.

 

SHAXSIY PROFILAKTIKA CHORALARI: Butamin bilan ishlaganda gigiyena va texnika xavfsizligi umumiy qoidalariga rioya qilish kerak. Ishni tugatgach qo’llarni iliq suvda sovun bilan yuvish kerak. Ko’zga tekkanda darxol toza suv bilan yuvib tashlash kerak. Preparatni bolalar kirishi mumkin bo’lmagan va qo’li yetmaydigan joyda saqlanadi.

 
E’TROZLARNI BILDIRISH TARTIBI: Preparatni qo’llashdan keyin asoratlar aniqlansa ushbu seryali preparatdan foydalanish to’xtatiladi va bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga (700178, Toshkent shaxri, A.Yunusov ko’chasi, 1a uy) va preparatning ishlab chiqaruvchisiga xabar beriladi. Bir vaqtning o’zida O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga hayvonlarga asoratlarni keltirib chiqargan preparat seriyasi (partiyasi) namunalari va asorantlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.