Home \ AMPROVET - 25%

AMPROVET - 25%

amprovet.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Amprovet 25%» kukuni - ximioterapevtik preparat bo’lib, uning ta’sir etuvchi vositasi amprolium hisoblanadi. 

1.2 Tashqi ko’rinishiga ko’ra preparat oq yoki och sarg’ish tusli, bir jinsli kukundan iborat.

1.3 «Amprovet 25%» kukuni polimer paketlarga 50, 100, 250, 500 yoki 1000 g dan yoki polimer idishlarga 250, 500, 1000, 2000 yoki 3000 g dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

1.4 Preparat quruq, qorong’i xonada, bolalar yeta olmaydigan joyda, 0°C dan +30°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. Yaroqlilik muddati  3 yil.

2. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1 Preparatning ta’sir etish mexanizmi shundan iboratki, koktsidiyalarning metabolik enzimlarining tizimida amprolium tiaminning o’rnini bosib, koksidiyalarning hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan uglevodlarning metabolizmini izdan chiqaradi.

2.2 Amprolium issiq qonli hayvonlar uchun o’rtacha zaharli preparatlarga kiradi, tavsiya etilgan dozalarida mutagen, sezgirlikni oshiruvchi, embriotoksik va teratogen ta’sir ko’rsatmaydi, va koksidiozga immunitetning shakllanishiga to’sqinlik qilmaydi.

2.3 Og’iz orqali ichilganda amprolium oshqozon-ichak tizimida amalda so’rilmaydi, va shillik pardalarda, shilliq osti qavatlarida o’zining koksidiyalarga qarshi ta’sirini ko’rsatadi. Amprolium asosan o’zgarmagan shaklida – najas bilan, 3-4 kun davomida chiqariladi.  

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 «Amprovet 25%» kukuni turli eymeriyalarga nisbatan samarali ta’sir ko’rsatadi: E. maxima, E. acervulina, E. mitis, E. tentla, E. nekatrix, E. brunetti, E. zurnii, E. ninakoljykimovi.

3.2 Tovuqlar va kurkalarda koksidiozlarni davolash uchun «Amprovet 25%» kukuni ketma-ket 3-5 kun davomida 100 kg quruq yemga 100 g preparat hisobidan, keyin esa (4-6 kundan boshlab) 14 kun davomida yemning 1 tonnasiga 500 g dozasida qo’llanadi. Preparat yem bilan yaxshilab aralashtiriladi, avval yemning ozgina miqdori bilan, keyin esa uning qolgan qismi bilan aralashtiriladi. «Amprovet 25%» kukuni suv bilan 10 l ichimlik suviga 20 g preparat hisobida, 5-10 kun davomida qo’llanadi. Profilaktika maqsadida jo’jalarga preparat 7-15-kunlik yoshidan boshlab har kuni, 50-60 kun davomida, 100 kg quruq yemga 50 g preparat yoki 10 l ichimlik suviga 5 g preparat hisobida qo’llanadi.

3.3 Yirik qoramolga eymerioz holatida «Amprovet 25%» kukuni tirik vazniga 225-560 mg/kg dozasida, 30 kun davomida yem bilan yediriladi.

3.4 Qo’ylarga eymerioz holatida preparat 200 mg/kg dozasida qo’llanadi. Preparat 20 kun davomida yem bilan yediriladi.

3.5 Tavsiya etilgan dozalarida preparat nojo’ya ta’sirini keltirib chiqarmaydi.

3.6 Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar. Amproliumni to’dani yangilash uchun yetishtiriladigan yosh tovuqlarga 16-haftalik yoshidan keyin qo’llash mumkin emas. Preparat tuxum bilan chiqarilishi tufayli, amproliumning tuxum qo’yadigan tovuqlarga qo’llanishi taqiqlanadi. Amproliumni boshqa koksidiostatiklar bilan bir vaqtda qo’llash taqiqlanadi.

3.7 Parrandani go’sht uchun so’yish dori vositasini qo’llash to’xtatilganidan keyin kamida 5 sutka o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan parrandaning go’shti etxo’r hayvonlarga yedirish uchun, yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.  

 

4. EHTIYOT CHORALARI
4.1 Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak.

4.2 Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.

4.3 Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish lozim.

4.4 Preparatning idishini oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun ishlatish taqiqlanadi.  

 

5. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
5.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi. 

 

bo'limga qaytish