Home \ ALKLOZAN-10%; 20%

ALKLOZAN-10%; 20%

alklozan20.jpg
1. UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 «Alklozan 10%» va «Alklozan 20%».

1.2 Preparat tashqi ko’rinishiga ko’ra och kulrangdan jigar ranggacha mayda kristalli kukundan iborat.

1.3 Ta’sir etuvchi modda sifatida 1 g «Alklozan 10%» preparatining tarkibida 50 mg albendazol va 50 mg klozantel mavjud. 1 g «Alklozan 20%» tarkibida 100 mg albendazol va 100 mg klozantel mavjud.

1.4 Preparat polimer paketlarga 50, 100, 250, 500 yoki 1000 g dan, yoki polimer idishlarga 250, 500, 1000, 2000 yoki 3000 g dan qadoqlangan kukun holatida ishlab chiqariladi.

1.5 Preparatni quruq, qorong’i joyda, 0°C dan +30°C gacha haroratda saqlash lozim. Yaroqlilik muddati - 3 yil.
2. TA’SIR ETISH MEXANIZMI
2.1 Preparat tarkibiga kiruvchi albendazolning ta’sir etish mexanizmi gelmintlarning uglevod almashinuvini buzishdan iborat, bu ularning o’limiga va hayvonning organizmidan chiqarilishiga olib keladi. Preparat og’iz orqali ichilganda albendazol oshqozon-ichak tizimida tez so’riladi va a’zolarga va to’qimalarga kirib o’zlashadi; organizmdan asosan siydik va najas bilan chiqariladi. Ovotsid ta’siriga ega bo’lgan preparat yaylovlarning gelmintlar yuqishini kamaytiradi. 

2.2 Klozantelning ta’sir etish mexanizmi parazitning oksidlovchi fosforillash jarayonini to’xtatilishidan iborat. Preparatning o’ziga xos ta’siri ATF fermentini kuchaytirishdan iborat, bu esa fosforillash va elektronlarning o’tishi jarayonining to’xtashiga olib keladi, bu holat parazitning energetik metabolizmini o’limiga olib keladigan tarzda o’zgartiradi.

2.3 Preparatning tarkibiga kiruvchi albendazol va klozantel, sinergik ta’siriga ega bo’lib, kavsh qaytaruvchi hayvonlarning endo- va ektoparazitlari, shu jumladan trematodalar, nematodalar, sestodalar, jumladan benzimidazollarga chidamli parazitlar, shuningdek so’nalar lichinkalari va sarkoptoid kanalarining o’limini keltirib chiqaradi.

2.4 Issiq qonli hayvonlar uchun zaharliliga ko’ra preparat 4-xavflilik toifasiga kiradi – «kam xavfli preparatlari» (GOST 12.1.007). Davolaydigan dozasida teratogen, embriotoksik, mutagen ta’siriga va allergiya keltirib chiqaruvchi xususiyatiga ega emas.

 

3. QO’LLASH TARTIBI
3.1 Preparat yirik qoramol, qo’ylar, echkilarni gelmintsizlashtirish uchun quyidagi kasalliklarda qo’llanadi: - fastsiolyoz, dikrotsiolyoz, moniyezioz, diktiokaulyoz, ostertagioz, gemonxoz, trixostrongilyoz, kooperioz, ezofagostomoz, edemagenoz; Preparat shuningdek yirik qoramolga gipodermatozda, qo’ylarga oestroz va psoroptozda ishlov berish uchun qo’llanadi.

3.2 Qo’llanishi va dozalari. Preparat og’iz orqali, individual yoki guruhli usulda, yem bilan aralashtirib beriladi. Preparat bir marotaba beriladiGelmintozlarda va so’nalar yuqishida «Alklozan 20%» hayvonning 1 kg tana vazniga 40 mg, «Alklozan 10%» - hayvonning 1 kg tana vazniga 80 mg dozasida bir marotaba, individual yoki guruhli usulda, yem bilan aralashtirib beriladi yoki suvli suspenziya shaklida idishdan majburan ichiriladi. Qo’ylar psoroptozida preparat ikki marotaba 7 sutka oralig’i bilan, psoroptoz bo’yicha nomaqbul vaziyatli xo’jaliklarda profilaktika maqsadida preparat bir marotaba quyidagi dozalarda qo’llanadi: «Alklozan 20%» – hayvonning 1 kg tana vazniga 100 mg, «Alklozan 10%» – hayvonning 1 kg tana vazniga 200 mg. Hayvonlarni gelmintsizlashtirishni yiliga ikki marta: yaylovga haydashdan ikki hafta avval va molxonada saqlashga o’tishdan avval o’tkazish maqsadga muvofiq. Gipotermatoz, edemagenoz va estrozga qarshi hayvonlarga ishlov berish yozgi mavsum tugaganidan keyin o’tkaziladi. Psoroptozda qo’ylarni davolash yilning istagan faslida zarur bo’lganda amalga oshiriladi.

3.3 Yoppasiga gelmintsizlashtirishdan avval preparatning har bir partiyasi avval hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. 3 sutka ichida asoratlar bo’lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi.

3.4 Nojo’ya holatlar. Preparat tavsiya etiladigan dozalarda qo’llanganda nojo’ya holatlar kuzatilmaydi.

3.5 Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar. Preparatning tarkibiy moddalariga yuqori sezgirlik. Organik xlorlangan va xlororganik parazitlarga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo’llanmasinPreparatni qo’llash o’tkir fastsiolyoz holatida, hayvonlarni qochirish davrida, yuqumli kasalliklari bo’lgan va holsizlangan hayvonlar uchun ruxsat etilmaydiPreparatni qo’llash shuningdek qo’ylar, echkilar va cho’chqalar uchun homiladorligining birinchi yarmisida, sigirlar uchun homiladorligining birinchi uchdan bir qismida ruxsat etilmaydiSuti kishilar ovqatiga ishlatiladigan sog’iladigan hayvonlar uchun preparatni qo’llash taqiqlanadi.

3.6 Yirik qoramol va qo’ylarni so’yib go’shtni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish preparatni qo’llashdan keyin 20 kundan so’ng ruxsat etiladi.

Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.

 

4. EHTIYOT CHORALARI
4.1 Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak.

4.2 Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.

4.3 Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish lozim.

4.3 Preparatning idishini oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi.

 

5. E’TIROZLARNI BILDIRISH TARTIBI
5.1 Preparat mazkur Yo’riqnomaning talablariga mos kelmagan holda, uni qo’llash to’xtatiladi, bu haqda O’zbekiston Davlat veterinariya preparatlarining ilmiy-nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil bo’yicha bildiriladi: 700178, Toshkent shahri, A.Yunusov ko’chasi, 1a-uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30- 47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Ayni paytda laboratoriya manziliga laboratoriya bilan avvaldan kelishilgan miqdorda preparatning ochilmagan o’ramlari, va preparatning Yo’riqnoma talablariga mos kelmasligi xususiyatlarining batafsil ta’rifi yuboriladi.

 

bo'limga qaytish